Ichak uzdi
Operator qizga qo`ng`iroq bo`lmoqda:
— Allo, yaxshi qiz, menga SMSlar yetib kelmayapti.
Operator:
— Fikringizni to`plang, chalg`imasdan yana bir martta o`qib ko`ring-chi...

Bu yil yozda dengizga bormoqchiman. Meni an’anam o`zi shunaqa - har yili yozda dengizga borishni orzu qilish!
Bir erkakning ikkita xotini bor ekan. Ammo ikkala xotini ham bu haqda mutlaqo bexabar ekan. Bir kuni o`sha odam ikkala xotinini ham birga, bitta joyga dam olishga yuboribdi. Dam olishga borgan ayollar hech narsadan bexabar, bir-birlari bilan yaqin dugona bo`lib qolishibdi, birga suratlarga tushibdi. Dam olishdan qaytgach, eri birinchi xotinini oldiga borib:
— Xo`sh, qanday dam olding, kimlar bilan tanishding, - dyeb so`rabdi.
Shunda xotini:
— Mazza qilib dam oldim. Bir ayol bilan tanishdim, - deb erining ikkinchi xotinini rasmini ko`rsatibdi. - Lekin judayam yengiltak ayol ekan, har kuni har-xil erkaklar bilan yurdi-ya, - debdi.
Ertasi kuni ikkinchi xotinini oldiga borgan er, u ayoldan ham gapirib berishini so`rasa:
— Adasi manavi rasmdagi ayolni qarang. Judayam yaxshi ayol ekan. Dam olishga eri bilan kelib, eri bilan ketdi, - degan ekan.

Bankomat yoniga bir ayol o`g`li bilan keldi.
— Hozir pul olib, ikkalamiz do`konga boramiz, - dedi ona va bankomatga plastik kartochkasini qo`yib, u yerdan pul oldi.
Buni ko`rgan bola hayratlanib onasiga:
— Oyi, buni ichida dadam o`tiribdilarmi?, - dermish...

Bir kuni o`lmas kashshey o`rmonga qo`ziqorin terishga chiqibdi. Terib bo`lguncha, hamma kakkularning ovozi bo`g`ilib qolibdi...
Bir yigit to`yi kuni kechasi go`shangaga kirmasdan hayol surib o`tirsa, bir o`rtog`i:
— Iye, ha kuyov bola, nimaga hayol surib qolding? Axir besh yildan beri sevishib yurgan qizingga uylanding-ku. Nega bu yerda o`tiribsan? - desa,
Kuyov bola:
— Shunaqaku-ya, endi tuni bilan telefonda kim bilan gaplashaman? - dermish.

Bir erkak yoniga yengiltak ayol kelib:
— Uch so`z aytsangiz, har qanday istagingizni 100 mingga amalga oshiraman, - debdi.
Erkak ham o`ylab o`tirmay:
— Uyimni ta’mirlab ber!, - degan ekan.

GAI xodimi avtomobilni to`xtatib dedi:
— Nega tuneldan o`tayotganda chiroqni yoqmadingiz?
Haydovchi:
— Men boshqa shahardan kelganman. Bu tunelni chirog`i qayerdan yoqilishini bilmayman...!

Bir kuni chumchuq pastroq uchib ketayotib, katta tezlikda kelayotgan mototsikl bilan to`qnashib ketibdi. Mototsiklchi to`xtab, chumchuqni olib, uyiga boribdi. Qushni qafasga qo`yib don va suv solingan idishni oldiga qo`yibdi. Chumchuq hushiga kelib qarasa, qafasda ekan. Suv va donga qarab turib:
— Jin ursin! Mototsiklchini o`ldirib qo`yibmanku, - degan ekan.

— Allo azizim, mashinamdagi navigatorga sen tegdingmi?
— Ha, Samarqandga qanday borilishini ko`rib chiqgan edim.
— Aytdim-a, nega bu shaharga kelib qoldim deb!