Latifa matni:
Ikkita dugona uchrashib qolishibdi. Birinchi qiz maqtanishni boshlabdi:
— Yigitim menga tilla uzuk sovg`a qildi.
— Ajoyib-ku. Tabriklayman!
— U menga yana mashina ham sovg`a qildi.
— Ajoyib-ku. Tabriklayman!
— O`zingda nima yangiliklar?
— Etika kurslariga qatnashyapman. "Aldama, tentak" so`zini o`rniga "Ajoyib-ku. Tabriklayman!" deyishni o`rganib oldim.