Ichak uzdi
Qishloqdan shaharga kelgan sodda bir odam ovqatlanish uchun kafega kiribdi. Menyuni ko`rib chiqgach, ofitsiantga bitta gril buyurtiribdi.
Besh daqiqadan keyin ofitsiant choy, non va bir piyola sous olib kelibdi. Birozdan so`ng ofitsiant grilni olib kelsa, haligi odam non bilan sousni yeb bo`lgan emish. Ofitsiantni qo`lidagi grilni ko`rgach:
— Tovuq borligini oldinroq aytsang bo`lmasmidi?! Men grilga to`yib olibman, — dermish.

Murabbiyidan jahon birinchiligida qatnashish xabarini olgan yosh gimnastikachi qiz vokzalga kelibdi. Poyezd kelgunicha hali 30 daqiqa vaqt borligidan unumli foydalanishga qaror qilgan qiz kutish maydonchasida mashqlarni takrorlay boshlabdi. Ko`p o`tmay, bir qari onaxon qizning oldiga asta kelib:
— Onang aylansin jon qizim, juda-yam qiynalib ketding. Yuraqol, xojatxona qayerdaligini ko`rsataman..., — dermish.
— Onang aylansin jon qizim, juda-yam qiynalib ketding. Yuraqol, xojatxona qayerdaligini ko`rsataman..., — dermish.
Ikkita hamkasb suhbatlashmoqda:
— Maoshimni deyarli hammasini sayyohatga sarflayapman.
— Yo`l haqqi oshganidan xabarim bor...!
— Maoshimni deyarli hammasini sayyohatga sarflayapman.
— Yo`l haqqi oshganidan xabarim bor...!
— Yoshim 14 da, yigitim esa yaqinda 21 ga to`ladi. Nima sovg`a qilsam ekan?...
— Jinoyat kodeksini!
— Jinoyat kodeksini!
Tongga yaqin uyiga qaytgan erini hamma yog`ida lab bo`yog`i va sariq soch ko`rgan xotin janjal qilib:
— Bu nima ahvol? - deb baqirsa, eri:
— Aytsam ishonmaysan, masharaboz bilan rossa urushdim, - dermish.
— Bu nima ahvol? - deb baqirsa, eri:
— Aytsam ishonmaysan, masharaboz bilan rossa urushdim, - dermish.
Er-xotin janjallashayotib er:
— Aybimni tan olaman. Bo`ldi, men eshshakman! Yana nima istaysan...?
Xotin:
— "Ia" deb baqiring!
— Aybimni tan olaman. Bo`ldi, men eshshakman! Yana nima istaysan...?
Xotin:
— "Ia" deb baqiring!
Avtobus bekatda to`xtab yana yo`lida davom etayotsa, bir erkak jon holatda avtobusni orqasidan yugurib kelayotganmish. Qoqilib, yiqilib, yana turib yugurarmish.
Shu payt bir yigit avtobus oynasidan boshini chiqarib:
— Aka avtobusni orqasidan yuguravermang. Hamma kulaverib, ichagi uzilay deyapti, - desa, chopib kelayotgan kishi:
— Agar hozir birortangiz avtobusni to`xtatmasangiz, boshingiz uziladi... Chunki men shu avtobusni haydovchisiman, - dermish.

Bir kuni o`g`ri qo`shnisini tovug`ini o`g`irlab, daryo bo`yida so`yib, patlarini tozalab o`tirganakan, tovuqni egasi kelib qolibdi. O`g`ri tovuqni go`shtini suvga tashlab, patlarini qo`liga ushlab olibdi.
— Tovug`im qani? Nima qilding? - deb baqira boshlabdi tovuqni egasi. O`g`ri bo`lsa:
— Tovug`ing cho`milyapti, men uni kiyimlarini ushlab turibman, - dermish.
— Tovug`im qani? Nima qilding? - deb baqira boshlabdi tovuqni egasi. O`g`ri bo`lsa:
— Tovug`ing cho`milyapti, men uni kiyimlarini ushlab turibman, - dermish.
Qiz bolani birinchi uchrashuvdayoq hayron qoldirmoqchi bo`lsangiz, uchrashuvga kelmang. Shunda u hayratda qoladi.
Samsung korporatsiyasi mobil telefonning navbatdagi modelini e’lon qildi. Endi bu oddiy bomba bo`ladi!!!