Latifa matni:
Murabbiyidan jahon birinchiligida qatnashish xabarini olgan yosh gimnastikachi qiz vokzalga kelibdi. Poyezd kelgunicha hali 30 daqiqa vaqt borligidan unumli foydalanishga qaror qilgan qiz kutish maydonchasida mashqlarni takrorlay boshlabdi. Ko`p o`tmay, bir qari onaxon qizning oldiga asta kelib:
— Onang aylansin jon qizim, juda-yam qiynalib ketding. Yuraqol, xojatxona qayerdaligini ko`rsataman..., — dermish.