Latifa matni:
Qishloqdan shaharga kelgan sodda bir odam ovqatlanish uchun kafega kiribdi. Menyuni ko`rib chiqgach, ofitsiantga bitta gril buyurtiribdi.
Besh daqiqadan keyin ofitsiant choy, non va bir piyola sous olib kelibdi. Birozdan so`ng ofitsiant grilni olib kelsa, haligi odam non bilan sousni yeb bo`lgan emish. Ofitsiantni qo`lidagi grilni ko`rgach:
— Tovuq borligini oldinroq aytsang bo`lmasmidi?! Men grilga to`yib olibman, — dermish.