Ichak uzdi
Bir qiz dugonasiga:
— O`zingga yigit topishing uchun ko`chaga yasangan va xushchaqchaq holda chiq! Chunki ko`chada o`ziga qaramagan va g`amgin ayollarning barchasi turmushga chiqganlar bo`ladi!

Yomg`irli kunlarning birida, bir ayol do`kondan uyiga qaytayotgan ekan. Ortidan bir erkak izma-iz kela boshlabdi. Juda-yam yaqin kela boshlaganini ko`rgan ayolning o`takasi yorilay debdi.
Qo`rquvdan qaltirashga tushgan ayol boyagi erkakka o`girilib qarasa, erkak:
— Qo`rqmang! Men shunchaki, yangi etigim loy bo`lmasin deb, izingizni bosib kelyapman xolos...! – debdi.

Yangi oila qurgan yosh er-xotin farzand ko`ravermagach, keksa bir donishmandning yoniga borishibdi. Donishmand ularga baland tepalikdagi niyat daraxt uchiga, bir parcha latta bog`lab qo`yishni uqtiribdi.
Bir necha yildan so`ng, boyagi donishmand er-xotindan xabar olgani kelsa, eshikni bir gala bolakaylar ochishibdi.
— Onangiz qayerda? — so`rabdi donishmand.
— Tug`ruqxonada, — javob berishibdi bolalar.
— Otangiz-chi?
— Tepalikdagi daraxtdan lattani yechgani ketgandilar...! — dermish.

Rahbariyat oylik ish haqqini kamaytirmaydi. Haqiqiy baxt pulda emasligini bot-bot ta’kidlab turadi.
Bir akaxon qizil mersedesni minib olib, katta ko`chaning o`rtasida, 150-170 tezlikda ketayotsa, yonidan bir jism yashin tezligida o`tib ketibdi.
Hech narsaga tushunmagan akaxon, gazni oxirigacha bosib, uni quvib yetibdi. Qarasa, rangi oqarib ketgan bir odam o`tirgan emish.
— Menga qarang, nima balo, motoringiz samolyotnikimi?, – co`rabdi akaxon.
Boyagi odam bo`lsa:
— Qayoqdan bilay...?! Shunchaki, ’’amerikanskiy gorka”da uchib ko`rmoqchi edim...! – dermish.

Bir kuni Alovuddin yo`lda ketayotib, sehrli chiroq topib olibdi. Ishqalasa hech kim chiqmabdi. Chiroqdagi yozuvni o`qisa:
"Man hozir sayohatdaman. Zarur bo`lib qolsam www.latifa.uz saytidan topasiz" deb yozilgan ekan.

Serjant yangi kelgan askarlarga:
— Bugun eng yalqov askarga juda oson topshiriq bor.
Hamma askarlar "Men" deb qo`l ko`taribdi. Orasida faqat bitta askar jim turganmush.
— Sen nega indamayapsan?, - debdi serjant.
— Qo`limni ko`tarishga erindim, - dermish boyagi askar.

Bekatdan qo`zg`algan avtobus ortidan bir ayol yugura boshlabdi:
— Avtobusni to`xtating! Ishga kech qolyapman...
Avtobusga yetib olgan ayol:
— Marhamat qilib, chiptalaringizni ko`rsating!!!

— Meni qo`shnilarim yarim tunda devorimni taqillataverishadi. Hech tinchlik berishmaydi-ya...
Yaxshi-yam men o`sha vaqt uxlamay, baraban chalayotgan bo`laman!

Eri kompyuterda o`yin o`ynab o`tirsa, xotini yoniga kelib:
— Adasi, menga-yam bering. Biroz o`yin o`ynay, - debdi.
Eri bo`lsa asabiylashib:
— Ovqat qilayotganingda biror martta cho`michni so`raganmanmi sendan?! - dermish.