Latifa matni:
Chol yoshlikni eslaylik deb, kampirini sevishganlar bog`iga olib boribdi. Gaplashib turishsa, bog` qorovuli xizmatchisi kelib:
— Jarima to`laysiz! Ahloqsizlik uchun! - debdi.
Shunda chol:
— Uzr bolam, birinchi marta kechira qol, - debdi.
Haligi qorovul o`ylanib turib:
— Mayli sizni kechiraman! Ammo, manavi kampirni avval ham ko`p martta ogohlantirganman, - debdi.