Latifa matni:
Afandining iti bolalagan edi, bir necha kishilar uning uyiga mehmon bo`lib kelib, so`zlashib o`tirishar edi. Kuchuk bolalari uyga kirib mehmonlar bilan o`ynashib, bezovta qila boshladilar.
Mehmonlardan biri hazillashib:
— Afandi, arzandalaringizga odob o`rgatsangiz bo`lmaydimi?, — dedi.
— Nima qilay, tog`alarini ko`rib suyunganlaridan suykalishyapti-da, — deya javob beribdi Afandi.