Latifa matni:
Militsiyaga bir mast kishi qo`ng`iroq qilibdi:
— Allo, bu militsiyami? Mening mototsiklimni rulini, benzin bakini, farasini o`g`irlab ketishibdi.
— Hozir yetib boramiz.
Birozdan so`ng yana qo`ng`iroq qilib:
— Hammasi joyida ekan. Men mototsiklimda teskari o`tirib olibman.