Bo`limlar
Latifalar
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Kecha erim bilan urushib qoldim. Meni xafa qildi.
— Mayli. Choy damlab berayotganingda qasdingni olasan.
— Tushunmadim...
— Axir yuziga tuflay olmaysan-ku!

— Do`stim, janjalni qayerida bo`lgan yaxshiroq?
— Xohlasang yonida bo`l, xohlasang orqasida bo`l! Lekin hech qachon o`rtasida bo`lma!

— Qayerdasan og`ayni?
— Ishdaman.
— Ishdan keyin nima qilmoqchisan?
— Nima qilardim? Pensiyaga chiqmoqchiman.

To`ydan keyin kelin ma’yus ohangda:
— Har kuni ovqat pishiraman, kir yuvaman, supuraman, tozalayman, dazmollayman, ... O`zimni ertakdagi Zumraddek his qilyapman, - desa, eri:
— Aytgandim-ku, myenga turmushga chiqsang, ertaklardagidek yashaysan deb, - dermish.

Afrosiyob poyezdida Buxoroga ketayotgan yo`lovchi yoniga nazoratchi kelib debdi:
— Sizni biletingiz oddiy poyezd uchun. Bu - tezyurar poyezd. Marhamat qilib qo`shimcha to`lov qilsangiz!
Yo`lovchi pinagini buzmay:
— Men shoshilayotganim yo`q. Mashinistga ayting, sekinroq ketaversin!!!

— Do`stim, meni eng qo`rqinchli suratim - bu pasportimdagisi bo`lsa kerak?
— Yo`q, pasportingni "kserokopiya"sida undanam hunukroq!

Ikkita dugona suhbatlashmoqda:
— Dugonajon, kechasi "Gap"ga borishga eringdan qanday qilib ruxsat olding?
— Buni yo`li oson! Ko`pikli vanna qilib berdim-da, chiqib ketdim.
— U shunga ko`ndimi?
— Ko`pikni qurilish mollari do`konidan sotib olgandim-da!

— Avtobusga chiqsam, bir ayol supurgi ko`tarib chiqib qoldi. "Nima, uchmayaptimi"?, deb yuboribman ...
Bir boyning kambag`al qo`shnisi bor ekan. Bir kuni boy kambag`al qo`shnisini devoridan mo`ralasa, kambag`al ko`zani silabdi. Ichidan jin chiqibdi-yu, — Amringizga muntazirman, - debdi.
Kambag`al qo`shnisi jinga qarab:
— Bitta choy damlab kel!, - desa, zum o`tmay jin choynakda choy olib kelibdi.
Buni ko`rgan boy yugurib chiqib qo`shnisiga:
— Shu ko`zani menga sot! Istagan pulingni beraman, - deb yolvoribdi. Kambag`al boyni hamma pullarini, uyini, xazinasini olib, ko`zani unga beribdi.
Boy xursand bo`lib, eski kulbaga kiribdi-da, ko`zani silabdi:
— Amringizga muntazirman, - deb chiqibdi jin ichidan.
— Menga katta saroy, behisob tilla ber!, - desa, jin:
— Buni iloji yo`q. Chunki men faqat choy damlashni bilaman, - dermish.

Bir yigit do`stiga telegramdan:
— Endi qog`oz xatlar orqali gaplashsak nima deysan?, - deb yozibdi.
Ancha tanaffusdan so`ng unga javob kelibdi:
— Nima Alisher, qamoqqa tushdingmi?