Bir boyning kambag`al
Latifa matni:
Bir boyning kambag`al qo`shnisi bor ekan. Bir kuni boy kambag`al qo`shnisini devoridan mo`ralasa, kambag`al ko`zani silabdi. Ichidan jin chiqibdi-yu, — Amringizga muntazirman, - debdi.
Kambag`al qo`shnisi jinga qarab:
— Bitta choy damlab kel!, - desa, zum o`tmay jin choynakda choy olib kelibdi.
Buni ko`rgan boy yugurib chiqib qo`shnisiga:
— Shu ko`zani menga sot! Istagan pulingni beraman, - deb yolvoribdi. Kambag`al boyni hamma pullarini, uyini, xazinasini olib, ko`zani unga beribdi.
Boy xursand bo`lib, eski kulbaga kiribdi-da, ko`zani silabdi:
— Amringizga muntazirman, - deb chiqibdi jin ichidan.
— Menga katta saroy, behisob tilla ber!, - desa, jin:
— Buni iloji yo`q. Chunki men faqat choy damlashni bilaman, - dermish.