Bo`limlar
Latifalar
Toshkent havo judayam sovuq. Ikki erkak turgan ekan, biri juda bahaybat it bilan, ikkinchisidan so`rabdi:
— Isinib olishni xohlaysanmi?
— Xohlayman
— Fas!!
— Isinib olishni xohlaysanmi?
— Xohlayman
— Fas!!
Bir kuni uchta fil mashinada ketayotishsa, bitta chumoli to`xtatib:
— Meni-yam olib ketinglar, - desa, fillar:
— Joy yo`q, - dermish.

Biri soat o`g`irlab, ikkinchisi esa sigir o`g`irlab qamalgan ikki mahbus qamoqxonada uchrashib qolishibdi. Sigir o`g`risi kinoyali ohangda:
— Xo`sh, yangi soatimiz necha bo`ldi? – deb so`rasa,
Soat o`g`risi:
— Sigir sog`adigan payt bo`ldi...! – degan ekan.

Bir qo`li yo`q nogiron tushkunlikdan yig`lab o`tirgan ekan, narirokda ikkala qo`lidan ham mahrum bo`lgan bir odam tinmay raqsga tushayotgan emish. Bir qo`llik nogiron yaqinroq kelib, so`rabdi:
— Mening bir qo`lim yo`qligidan xudoga nolib o`tirsam-u, sen ikkala qo`ling bo`lmasa ham hadeb raqsga tushasan?
Ikki qo`li yo`q debdi:
— Ko`p gapirmasdan yelkamni qashib qo`ysang-chi...?! Boyadan beri qiynalib ketdim...

Bir ayolning telefoni jiringlab qolibdi.
Ayol go`shakni ko`tarib:
— Allo! – debdi.
Bir odam:
— Farzandlaringiz bizni qo`limizda! - desa,
Ayol qo`rqib ketib, yalina boshlabdi:
— Barcha shartlaringizga roziman! Iltimos, faqat bolalarimni qaytaring???
Shunda haligi odam:
— Esingizni yeganmisiz...?! Tezroq keling, hademay bog`cha yopiladi, – dermish.

Cho`lda suvsizlikdan tashna bo`lib ketayotgan odamning
yo`lidan quduq chiqib qolibdi.
Quduqni ko`rgan haligi odam quvonganidan, — Suv, suv, - deb baqirgancha quduq tomon yuguribdi. Shu payt quduq ichidan bir odam otilib chiqib:
— Qani suv? Qani?! - debdi.

Qora tanli bilan oq tanli suhbatlashmoqda. Qora tanli gap boshlabdi:
— Men bir narsani hecham tushunmayman. Tug`ilganimda tanam qora edi. Qora bo`lib voyaga yetdim. Oftobda toblansam ham rangim o`zgarmaydi, isib ketsam ham, sovuqotsam ham qoraman. Betob bo`lganimda ham o`sha-o`sha... bo`laman.
Siz oq tanlilar tug`ilganingizda rangingiz pushti edi, oftobda toblansangiz jigarrang, isib ketsangiz qizarib, sovuqotsangiz ko`kimtir tusga kirasizlar. Mazangiz qochsa, tanangiz yashil bo`ladi, o`lganingizdan keyin kulrang bo`lib qolasizlar...
Shunga qaramay, sizlar bezrayib bizni "rang-barang" deysizlar-a???

Er-xotin janjallashib qolishibdi.
Xotin:
— Ming la’nat sizga! G`irt ahmok ekansiz!
Er:
— Ha, bo`lmasa senga uylanarmidim...?!

Ikki og`a-ini suhbatlashmoqda:
— Eshitishim-cha xotining mashinasini urib olganmish...?!
— Ha.
— O`zi-chi, tirikmi ishqilib?
— Hozircha tirik..., Hammomda, berkinib o`tiribdi...

Erkakshunos olimlardan biri uzoq yillik ilmiy tajribalaridan so`ng, erkaklarga quyidagicha ta’rif beradi:
— Erkaklarni yer sharining hamma yerida uchratish mumkin;
— Ular sut emuvchilar oilasiga mansub bo`lib, asosan, uylanish orqali ko`payishadi;
— Ichmasa odamlarga deyarlik xujum qilmaydi;
— Go`sht, tuxum, kolbasa, o`pka, jigar, buyrak, kalla pochani sevib iste’mol qilishadi. Ba’zan xotinlari pishirgan narsalar bilan ham oziqlanadilar;
— Fe’li o`zgaruvchan bo`lib, necha yil umr ko`rishi xotiniga bog`liq;
— Eng katta xatosi, xotini borligidadir;
— Erkaklar asosan 4 turga bo`linadi: semiz, oriq, uzun va kalta.
— Ular soatiga 20-25 km tezlikda harakatlanadilar. Ichib olganda esa soatiga 50 sm tezlik bilan yuradilar;
— 20 yoshgacha bo`riga, 35 yoshgacha yo`lbarsga, 40 yoshgacha sherga, 50 yoshgacha ayiqqa, undan keyin esa, musichaga o`xshab qolishadi...
Eng asosiysi:
... Tabiatda uning yagona kushandasi - xotinidir. Xotinini ko`rganida tashqi ko`rinishida qizarish, qaltirash, til aylanmay qolishi, nafas siqishi va telefonidagi smslarni o`chirishga urinish kabi salbiy holatlar kuzatiladi.