Latifa matni:
Bir qo`li yo`q nogiron tushkunlikdan yig`lab o`tirgan ekan, narirokda ikkala qo`lidan ham mahrum bo`lgan bir odam tinmay raqsga tushayotgan emish. Bir qo`llik nogiron yaqinroq kelib, so`rabdi:
— Mening bir qo`lim yo`qligidan xudoga nolib o`tirsam-u, sen ikkala qo`ling bo`lmasa ham hadeb raqsga tushasan?
Ikki qo`li yo`q debdi:
— Ko`p gapirmasdan yelkamni qashib qo`ysang-chi...?! Boyadan beri qiynalib ketdim...