Bo`limlar
Latifalar
— Allo, salom oyijon! Mendan havotir olmang, men kasalxonadaman.
— Bas qil qizim! Sakkiz yildan beri gapni shundan boshlaysan! Vrach bo`lib ishlaysan-ku axir.

General bir guruh praporshikning zehnini sinovdan o`tkazmoqda:
— Ostonada bir juft qop-qora, yaltiroq buyum yotibdi. Nima u?
Sukunat.
— Eh galvarslar! Bir juft botinka! Endi qiyinroq savol byeraman: eshik yaqinida to`rtta qop-qora, yaltiroq buyum yotibdi. Nima u?
Yana sukunat.
— Eh sen, kallavaramlar! Axir bu ikki juft botinka-ku. Xo`p, mayli, yanada qiyinroq savol beraman: botqoqda yashaydi, rangi yashil, vaqirlagani-vaqirlagan.
Nihoyat praporshiklardan biri qo`l ko`tarib:
— Uch juft botinka, o`rtoq general, - dermish.

Kema cho`kib, faqat uch kishi omon qolishibdi.
Negr, yapon va rus. Uchchalasi suzib, bir orolga borishibdi. Qarashsa, orolda bir yashik aroq turganmish. Uni ustiga esa "Tilak aytib ichsangiz, albatta bajo keltiriladi" deb yozilgan ekan.
Negr:
— Sog`-omon uyga qaytishni istayman, - debdi-yu, ichib oroldan yo`q bo`lib qolibdi.
Yapon:
— Meni ham uyga qaytar, - deb ketibdi.
Rus esa aroqni olib:
— Bir yashik aroqni kim ichadi? Yapon va negrni qaytar, - deb ichib yuboribdi.

Tog`da yashaydigan bir odam zebra sotib olibdi va qo`shnilariga maqtanish uchun zebrani minib qishloqni aylanib yursa, bitta qo`shnisi:
— Men ham minib ko`rsam maylimi? - deb so`ragan ekan,
— Mayli, - deb, unga zebrani beribdi. Qo`shnisi zebrada bir aylanib kelib:
— Inomarka baribir boshqacha-da... - dermish.

— Oyijon, avtobusda bir ayolga joy berayotgan edim, u menga konfet uzatdi.
— Sen-chi, nima qilding?
— Konfetni olib, yana o`rnimga o`tirib oldim.
— Nega?
— Boshqasidan ham konfet olishim kerak-ku!

Tug`ruqxonadagi ayolni yoniga farishta kelib:
— Farzandingni dunyoga keltirayotganingda senda bo`ladigan og`riqlarning yarmini bolaning otasiga o`tkazib qo`yaman, - debdi.
— Tunda ayol farzandini dunyoga keltirib bo`lgach, tongda uni ko`rgani kelgan eriga:
— Adasi, kechasi yaxshi uxladingizmi? - desa, eri:
— Yo`q, qo`shnimiz Normat aka kechasi bilan baqiraverib, umuman uyqu bermadi, - dermish.

Onasi o`g`liga:
— Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, adang chekishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?
— Men o`qishni tashlamoqchiman!

Haydovchilar yo`lda biror xavf bo`lsa, avtomobil chiroqlarini yoqib-o`chirib boshqa haydovchilarni ogohlantirishadi. Yo`llarimizda eng ko`p uchraydigan xavfni bilishadi. DAN xodimini ko`rib qolishsa...
- Dada bizning futbolchilar qachon yutadi?
- Bu ularning nimani yutishiga bog`liq. Masalan ovqatni kuniga besh mahal ham yutaverishadi. Futbolda esa faqat hayolida yutadi. Agar doim shunaqa hayolida yutaversa bir kun ularni aniq yer yutadi...

Men bir narsaga hayron qolaman.
Yoshligimda birorta qizni sevsam yillab sevardim. Keyin asta sekin ikki uch oylab sevadigan bo`lib qoldim.
Hozir esa negadir bir kun. O`shandayam tunda sevadigan bo`lib qoldim. Bora bora atigi bir minut sevadigan bo`lib qolsam ajabmas.