Latifa matni:
Tug`ruqxonadagi ayolni yoniga farishta kelib:
— Farzandingni dunyoga keltirayotganingda senda bo`ladigan og`riqlarning yarmini bolaning otasiga o`tkazib qo`yaman, - debdi.
— Tunda ayol farzandini dunyoga keltirib bo`lgach, tongda uni ko`rgani kelgan eriga:
— Adasi, kechasi yaxshi uxladingizmi? - desa, eri:
— Yo`q, qo`shnimiz Normat aka kechasi bilan baqiraverib, umuman uyqu bermadi, - dermish.