Bo`limlar
Latifalar
Yosh bola do`konga kirib:
— Asal bering, - deb sotuvchiga idishini uzatibdi.
Sotuvchi idishni asalga to`ldirgach, bolakay unga:
— Pulini adam kechqurun berib ketadilar, - debdi. Jahli chiqqan sotuvchi, — Yo`q, - debdi-yu, asalni qayta to`kib olibdi.
Do`kondan chiqqan bolakay qo`lidagi idish ichiga qarab:
— Adam rost gapirgan ekanlar. Bu yerda ikkita nonga surtsa yetadigan asal chiqadi, - dermish xursand bo`lib.

Merlin Monroning surati hanuzgacha reklama plakatlarida uchraydi. Odamlar o`lganidan keyin ham ishlab yurishibdi. Meni xotinim tirik bo`lsa ham ishsiz!!!
Bir kishi xotini vafodor ekanini tekshirmoqchi bo`libdi. Ishga ketgandek bo`lib, ko`chada berkinib tursa, xotini chiroyli kiyinib, uyidan chiqibdi-yu, bitta mashinaga o`tirib ketibdi.
Eri ham bildirmasdan, taksiga o`tirib, sekin o`sha mashina orqasidan ketaveribdi.
Xotini borib, bir tungi klubga kirib ketibdi. Boyaga erkak taksichiga:
— Og`ayni, anavi kirib ketgan ayol, mening xotinim bo`ladi. Shundoq ichkariga kirgin-da uni olib chiq, istagan pulingni beraman, - debdi.
— Gap yo`q, hozir olib chiqaman! - deb kirib ketibdi. Birozdan keyin taksichi bir ayolni qo`lidan ushlab olib chiqib, — Aka, mana buni ushlang! - desa, er:
— Esing joyidami? Bu meni xotinim emas-ku! - debdi.
— Siz ushlab turing, qo`yib yubormang! Bu mening xotinim. Hozir siznikini olib chiqaman, - dermish.

Bir yigit domni tagiga borib, 8-qavatni derazasidan qarab turgan odamga:
— Aka, pastga tushing. Gap bor, - debdi.
Haligi odam zinadan pastga tushib:
— Nima gapingiz bor uka, - desa, yigit:
— Ahmad akani uyi qaysi, - deb so`rabdi.
Haligi odam:
— Men bilan yuring, ko`rsataman, - deb, yigitni 8-qavatga olib chiqib:
— Ahmad akani uyi anavi ro`paradagi domni to`qqizinchi qavatida, - dermish.

— Ayrim raqamlarni ataylab, shu raqamdan bo`ladigan qo`ng`iroqlarni ko`tarmaslik uchungina telefonga saqlab qo`yaman.
Yosh yigit ko`chada o`tgan-ketganlar bilan garov o`ynab, pul ishlab turgan ekan. Yoniga bir chol kelib:
— Nimadan garov o`ynayapsan? - deb so`rabdi.
— Otaxon, mana shu archadan baland sakrasam, siz menga yuz ming berasiz. Sakray olmasam men sizga, - debdi.
Otaxon rozi bo`libdi. Yosh yigit abjirlik bilan archani ustidan sakrab o`tib:
— Pulni cho`zing, - desa, chol:
— Sen "Archadan baland sakrasam" deganding. Archa umuman joyidan qimirlamadi-ku!? O`zing pulni ber, - dermish.

Xotin eriga:
— Ozishimni xohlasangiz, ham bir kilo uchun 100 mingdan to`laysiz-mi? - debdi.
Eri bo`lsa:
— Insofing bormi xotin? Bozorda dumbani narxi qancha turishini bilasanmi? - deb kulib yuboribdi.

Er-xotin bog`chadan bolalarni olib kelish ustida bahslashmoqda.
Er:
— Sen bor bog`chaga!
Xotin:
— Siz borib kelaqoling!
Er:
— Senga yangi palto, yangi etik olib berdimmi?
Xotin:
—Ha!
Er:
— Ana o`shalarni kiyginda borib kelaver!
Xotin:
— Nimaga siz bormaysiz?!
Er:
— Men nima paypoq bilan soqol olish uchun ko`pikda boraman-mi???

Ishga kirish oldidan suhbat:
— Ijobiy xislatlaringiz?
— Qat’iyatlilik!
— Mayli boravering. O`zimiz siz bilan bog`lanamiz!
— Rahmat. Shu yerda kutib turaman...

Ikki ulfat ko`l bo`yida gaplashib o`tirishsa, Xammer mashinasida bir boy kelib debdi:
— Yigitlar, ko`lni qayeri sayoz? Mashinamda narigi qirg`oqqa o`tib ketmoqchiman.
— Mana bu yeridan o`tsangiz bo`ladi, - deb javob berishibdi.
Boy Xammerida ko`lga qarab haydabdi-yu, shu zahoti cho`kib ketibdi. Bir amallab suzib chiqqan boy:
— Sayoz degandilaring-ku!? - desa, ulfatlar hayron bo`lib:
— Hozirgina shu yerdan bir to`da o`rdaklar o`tib ketishgandi-da..., - dermish.