Latifa matni:
Ikki ulfat ko`l bo`yida gaplashib o`tirishsa, Xammer mashinasida bir boy kelib debdi:
— Yigitlar, ko`lni qayeri sayoz? Mashinamda narigi qirg`oqqa o`tib ketmoqchiman.
— Mana bu yeridan o`tsangiz bo`ladi, - deb javob berishibdi.
Boy Xammerida ko`lga qarab haydabdi-yu, shu zahoti cho`kib ketibdi. Bir amallab suzib chiqqan boy:
— Sayoz degandilaring-ku!? - desa, ulfatlar hayron bo`lib:
— Hozirgina shu yerdan bir to`da o`rdaklar o`tib ketishgandi-da..., - dermish.