Latifa matni:
Yosh bola do`konga kirib:
— Asal bering, - deb sotuvchiga idishini uzatibdi.
Sotuvchi idishni asalga to`ldirgach, bolakay unga:
— Pulini adam kechqurun berib ketadilar, - debdi. Jahli chiqqan sotuvchi, — Yo`q, - debdi-yu, asalni qayta to`kib olibdi.
Do`kondan chiqqan bolakay qo`lidagi idish ichiga qarab:
— Adam rost gapirgan ekanlar. Bu yerda ikkita nonga surtsa yetadigan asal chiqadi, - dermish xursand bo`lib.