Bo`limlar
Latifalar
Bir erkak do`stiga maqtanibdi:
— Kecha xotinimni urishib berdim.
— Yug`-ye, sen-a?
— Ha-da. Uylarni yig`ishtiring, deb ish buyuryabdi.
— Xo`sh?
— Yo`qol ko`zimdan, hali kirlarni yuvib bo`lganim yo`q, - dedim.
— Kecha xotinimni urishib berdim.
— Yug`-ye, sen-a?
— Ha-da. Uylarni yig`ishtiring, deb ish buyuryabdi.
— Xo`sh?
— Yo`qol ko`zimdan, hali kirlarni yuvib bo`lganim yo`q, - dedim.
Ofitser askarlarni mashq qildiryapti:
— Hamma o`ng oyog`ini ko`tarsin.
Bir askar adashib, chap oyog`ini ko`tarsa, ofitser jahl bilan:
— Bu nima maynavozchilik? Kim u ikkala oyog`ini ham ko`tarib olgan?
— Hamma o`ng oyog`ini ko`tarsin.
Bir askar adashib, chap oyog`ini ko`tarsa, ofitser jahl bilan:
— Bu nima maynavozchilik? Kim u ikkala oyog`ini ham ko`tarib olgan?
— Me’yorini bilmay ichganlarni o`lguday yomon ko`raman. Kecha meni mashinaga ko`tarib ketayotib, yerga uch martta tushirib yuborishdi-ya, la’nati piyonistalar.
Bir kuni afandi ko`chada ketayotsa, yo`l chetida hamyon yotganmish. Hamyonni olib uch martta "kimniki?" debdi. Ichini ochib qarasa, anchagina pul bor ekan. Pullarni olib, cho`ntagiga solsa, hamyonda ko`zguyam borakan. Unga qarab, o`z aksini ko`ribdi-da:
— Iye, aka hamyon siznikimidi? Uzr, - debdi-da, pullarni qaytarib solib, hamyonni yerga tashlab ketgan ekan.
— Iye, aka hamyon siznikimidi? Uzr, - debdi-da, pullarni qaytarib solib, hamyonni yerga tashlab ketgan ekan.
— Bizni rahbar juda aldoqchi, ammo adolatli.
— Qanaqasiga, axir uni aldoqchi deyapsan-ku?
— Ha, u hammani baravariga aldaydi.
— Qanaqasiga, axir uni aldoqchi deyapsan-ku?
— Ha, u hammani baravariga aldaydi.
Bemor kasallik varaqasini vrachga berdi. Vrach uni varaqlab:
— Ishlar chatoq, ahvol og`irga o`xshaydi. Shu yoshda ham shunchalik bo`ladimi?
Bemorning rangi oqarib, qo`rqib so`radi:
— Doktor, ahvolim judayam yomonmi?
— Ha, ko`zoynaksiz o`qiy olmayapman...
— Ishlar chatoq, ahvol og`irga o`xshaydi. Shu yoshda ham shunchalik bo`ladimi?
Bemorning rangi oqarib, qo`rqib so`radi:
— Doktor, ahvolim judayam yomonmi?
— Ha, ko`zoynaksiz o`qiy olmayapman...
Yetti yoshga to`lgan bolani birinchi sinfga o`qishga olib ketayotishsa, u dod solib baqirardi:
— Nimaga?, qaysi aybim uchun to`qqiz yil???
— Nimaga?, qaysi aybim uchun to`qqiz yil???
Abdurayim tog`a eski zaparojets mashinasida ketayotib, bexosdan yangi malibuni orqasidan urib yuboribdi.
Malibuni haydovchisi avtomobilidan jahl bilan tushib:
— Mashinamni dabdala qildingiz-ku, tuzatib berasiz, - deb baqira ketdi.
Abdurayim tog`a esa pinagini buzmay:
— E, qanaqa odamsan? Tirik qoldik, soppa-sog`miz shukur qilsang-chi. Mashina temir bo`lsa, topiladi, - debdi.
Bu ham yetmagandek, Abdurayim tog`a mashinasi ichidan aroqni olib, - salomat qolganing uchun, - deb malibuning haydovchisiga ichirib yuboribdi.
Shunda mashinasi pachoq bo`lgan malibu egasi:
— Siz ham ichmaysizmi amaki?, - desa
— Shoshmay tur, GAIlar kelib-ketishsin, - dermish...

Bir hafta och qolgan sher, hayvonlar qiroli hayvonot bog`ining qorovuli ekanini tushunib yetibdi!
Bir ayol shilqim erkakka:
— Agar yana bir martta meni qomatim ustidan kulsang, mana shu o`qlov bilan tushiraman.
— Tushundim!
— Nimani tushunding?!
— Seni qomating menga aniq taxdid solishini-da...
— Agar yana bir martta meni qomatim ustidan kulsang, mana shu o`qlov bilan tushiraman.
— Tushundim!
— Nimani tushunding?!
— Seni qomating menga aniq taxdid solishini-da...