Latifa matni:
Bir xo`jayinning haydovchisi ziyofatlarga borsa, mast bo`lib qolarkan. Ziyofatdan qaytishda mashinani xo`jayinni o`zi haydab ketar ekan.
Bir kuni haydovchi xo`jayiniga maslahatli ishi bor ekanini aytibdi.
Xo`jayin:
— Nima gap, - deb so`rasa:
— Xo`jayin, ikkovimizga bitta shofyor olsak, qanday bo`larkin?!, - dermish.