Ichak uzdi
Xotin eriga baqiryapti:
— Sizga xizmatkor bo`lish jonimga tegdi, ajrashaman.
— Yo`q, sen bo`shatilding!

Tulki har doim ilonni mazah qilib, oyog`i yo`qligi uchun ustidan kulib yurarkan. Bir kuni tulki ilonni yoniga kelib:
— Endi yarashaylik, urishmasdan, do`st bo`lamiz. - debdi.
Ilon ham rozi bo`lib turganakan, tulki:
— Yarashgan bo`lsak, besh tashla, - degan ekan.

Buyurtmachi qurilish rahbariga:
— Uyimning devorlari juda-yam yupqa emasmi?
— Havotir olmang, hali devorlarga oboy yopishtirib chiqamiz!

— Uylanganimga o`ttiz yil bo`ldi. Faqat bir marttagina xotinim bilan fikrimiz bir joydan chiqqan.
— Qachon shunday bo`ldi?
— Uyimizga o`t tushganda bitta eshikdan qochib chiqqanmiz.

— Shanba kuni to`yga borishim kerak. Lekin hecham borgim kelmayapti.
— Unday bo`lsa borma.
— Bormasam bo`lmaydi-da, kuyov o`zimman!

— Eshitishimcha, uylangan emishsan.
— Ha, ko`chadagi oshxonalarda ovqatlanib yurish yoqmayotgan edi.
— Endi-chi?
— Endi yoqyapti.

Bir odam sigirini sotmoqchi bo`lib bozorga olib kelibdi. Xaridor so`rabdi:
— Sigiringiz sersutmi?
— Ha, suti yaxshi. Ammo bitta kamchiligi bor.
— Qanaqa kamchilik ekan?
— Sog`ilayotganda qattiq tepadi.
— Hechqisi yo`q, sigirni xotinim sog`adi.

Katta bir korxonaning rahbari ishchilar intizomini tartibga solib qo`ymoqchi bo`libdi. Ishyoqmas, dangasa biror xodimni ishdan bo`shatib, qolganlarga namuna ko`rsatib qo`yish niyatida tekshiruvga chiqibdi. Qarasa, bir yosh ishchisi korxona hovlisida devorga suyanib, dam olib turgan ekan. Rahbarning fig`oni falakka chiqibdi. Yosh yigitning yoniga kelib:
— Senga bir haftada nechi pul to`lashadi?, - deb so`rabdi jahl bilan.
— Olti yuz ming, - javob beribdi hayron bo`lib.
Rahbar boshqalarga ham o`rnak bo`lsan degan maqsadda, xonasidan ikki yarim million olib chiqibdi-da yosh ishchisini qo`liga tutqazib debdi:
— Mana, to`rt haftalik maoshingni ortig`i bilan olgin-da, bu yerdan yo`qol, qaytib kela ko`rma!
Yigit pulni olib, indamasdan ketibdi. Rahbar esa bu holatni kuzatib turgan ishchilarga qarata:
— Kim edi u ishyoqmas?, - deb so`rasa,
Ishchilardan biri:
— Pitssa tashish xizmatidan edi. Olib kelgan pitssasini pulini kutib turgandi, - degan ekan.

Hayotda oliyjanob erkaklar qolmagani haqidagi gaplar noto`g`ri. Mana masalan, men bugun xotinimga soyabon tutib turdim. U mashina g`ildiraklarini tezgina almashtirib oldi...
Boshliq yangi hisobchini ishga olmoqchi bo`lib, nomzodlarni suhbatga chaqiribdi:
— Ikki karra ikki nechi bo`ladi?, - deb savol beribdi. Hammadan "to`rt" degan javob chiqibdi. Faqatgina bitta nomzod javob bermabdi. Yolg`iz qolishgach, boyagi indamay o`tirgan nomzod boshliqqa yaqin kelib:
— Nechi bo`lsin xo`jayin? Qancha qilib beray?, - degan ekan, boshliq o`sha nomzodni ishga olibdi.