Ichak uzdi
— Og`ayni, sen chet ellarga tez-tez borib turasan. Aytchi, Parijga borib-kelish qanchaga tushadi?
— Agar xotining bilan borsang, taxminan bir yarim ming yevro ketadi. Agar yolg`iz borsang, besh-olti ming yevrodan kam pul olma!

Sud jarayoni ketmoqda. Sudya ayblanuvchidan so`radi:
— Kasbingiz nima?
— Akrobatman!
— Qo`riqchi, zudlik bilan derazani yoping!!!

Kotiba boshlig`iga dedi:
— Xotiningiz telefonda iltimos qilyapti.
— Iltimos qilyapti? Unda bu mening xotinim emas!

Kutubxonada:
— O`z joniga qasd qilish to`g`risidagi kitoblar qayerda?
— Chapdagi uchinchi javonda.
— Axir u yer bo`m-bo`shku?
— Bu joydan kitob olganlarning birortasi ham qaytarishmaydi-da.

Tongda uyga kirib kelgan eridan xotini so`rabdi:
— Kecha qayerda tunadingiz?
— Nodirnikida.
Xotini tezda Nodirga telefon qilib:
— Erim kecha sizlarnikida tunadimi?
— Ha, hozir ham uxlab yotibdi.
— Kecha qayerda tunadingiz?
— Nodirnikida.
Xotini tezda Nodirga telefon qilib:
— Erim kecha sizlarnikida tunadimi?
— Ha, hozir ham uxlab yotibdi.
Baliq ovlab o`tirgan odamni oldiga timsoh suzib kelib,
— Ov qalay bo`lyapti, ilinyaptimi?, - deb so`rabdi.
— Ha yo`q. Ertalabdan beri o`tiribman. Bitta-yam ushlolmadim, omadim kelmayapti, - deb javob beribdi.
Shunda timsoh baliqchiga qarab:
— Kun ham qizib ketdi. Balki cho`milib olarsan-a, - dermish.

Xotin eriga:
— Kecha cho`kayotganimda meni qutqarib qolgan odamni ko`rdingizmi?, - desa,
— Ha, ko`rdim. Kecha kelib mendan uzr so`rab ketdi, - debdi eri.

Qiz yigitiga qo`ng`iroq qilib:
— Tezroq keling, uyda hech kim yo`q, - debdi.
Yigit uyga kelsa, haqiqatdan ham uyda hech kim, mutlaqo hech kim yo`q ekan...

Qiz yigitiga:
— Jonim nimaga jimsiz? Biror narsa gapirib bering. Zerikib ketdim.
Yigit:
— Nimani gapiray? Qulog`ing kar bo`lsa seni. Hech narsani eshitmasang. Gapirganim bilan nima foyda?, - desa,
Qiz:
— Voy, keyinchi? Keyin nima bo`ldi?, - dermish.

— Otaxon, yuz yoshdan oshibsiz. Buni siri nimada?
— Buni siri - umrimda hech kim bilan tortishmaganman, garov o`ynamaganman.
— Yo`g`eyeye, bo`lishi mumkinmas...
— To`ppa-to`g`ri, bo`lishi mumkinmas!