Ichak uzdi
Bir chiroyli qiz do`kon aylanib yurib, sotuvchidan so`rabdi:
— Anavi gulli, bejirimgina ko`ringan narsa nima?
— Bu antiqa sovg`a. "Yagona sevgilimga" degan yozuvi ham bor.
— Shundan menga olti dona berib yuboring!

Boy xizmatkorini chaqirib buyuribdi:
— Kuchugimni dumini kesib tashla!
Xizmatkor hayron bo`lib:
— Axir bu sodiq itingiz Djek-ku
— Ertaga qaynonam kelayotgan ekan. Uni tashrifidan hech qanday xursandchilik namoyish etilmasligi kerak!

— Behuda kutyapsan, bolam. Bu avtobus faqat bayram kunlari yuradi, - dedi kampir bekatda turgan o`smirga.
— Bugun mening tug`ilgan kunim, - dermish bola ham...

Sudya:
— Guvoh! Aytingchi, 2015 yil 11 noyabr kuni soat 12 dan 43 daqiqa o`tganda qayerda edingiz?
Guvoh:
— Albatta uyimda, bir qo`limda soat va ikkinchi qo`limda taqvimni ushlab o`tirgandim.

Kinoteatrdagi tomoshabin oldida o`tirgan kishiga dedi:
— Marhamat qilib shlyapangizni olib qo`ysangiz! Biror narsa ko`rarmikinman deb, chiptaga uch ming to`laganman!
— Men ham boshqalar ko`rib qo`ysin deb, bu shlyapaga yigirma ming to`laganman!

Bir kishi xiyobondagi o`rindiqda hafa bo`lib o`tirsa, yonidan o`tib ketayotgan odam so`rabdi:
— Nega g`amginsiz? Nima gap?
— Yonimga o`tirgin, aytib beraman!
Haligi odam ham o`rindiqqa o`tirib, - nima bo`ldi?, - desa,
— Biz o`tirgan o`rindiqni yaqinda bo`yab ketishibdi, - dermish.

Bir kishiga savol berishibdi:
— Kim ko`proq hayotidan mamnun bo`lib yashaydi? To`rtta bolasi bor odammi yoki to`rt million puli borimi?
— To`rtta bolasi bor odam-da! Chunki, to`rt millioni bor odam yana ko`proq pul xohlayveradi...

— Sen ahmoqsan!
— Lekin go`zalman!
— Buni senga kim aytdi?
— Sen!
— Shunga ishondingmi?
— Albatta!
— Ana, ahmoqsan-da.
— Lekin go`zalman!
— Lekin go`zalman!
— Buni senga kim aytdi?
— Sen!
— Shunga ishondingmi?
— Albatta!
— Ana, ahmoqsan-da.
— Lekin go`zalman!
Tergov jarayonida tekshiruvchi-revizorga savol berishibdi:
— Maoshingiz 200 ming bo`lsa, yuz millionlik uy-joyni qanday qilib qurdingiz?
— Juda-yam oddiy. Qurilish mollari omborida tekshiruv olib borayotganimda uyimni qurilishi bitdi.

— Itingizni dumini nega kesib tashladingiz?
— Qaynonam kelganida dumini likillatganiga chiday olmadim.