Latifa matni:
O`g`li otasiga debdi:
— Dada, men uylanmoqchiman!
Otasi:
— Avval kechirim so`ra.
— Nimaga?
— Sen avval kechirim so`rashing kerak!
— Lekin nima uchun kechirim so`rayman? Gunohim nima?
— Uzr so`ra!
— Nima qildim? Sababini ayting!
— Uzr so`ragin.
— Xo`p mayli, kechiring dada. Endi sababini aytarsiz?
— Ana endi uylansang bo`ladi. Hech qanday sababsiz uzr so`rashni o`rganib olding. Bu uylanganingda juda kerak bo`ladi.