Ichak uzdi
Jon berayotgan er xotinini chaqirib debdi:
— Esingdami armiyaga ketayotganimda, sen yonimda eding?
— Ha, esimda...
— Ishdan bo`shab, uyda uch yil o`tirganimda ham sen men bilan birga bo`lganding!
— Ha...
— Avariyaga uchrab, yotib qolganimda ham oldimdan jilmading.
— Albatta, birga bo`lgandim, yoningizda hamisha...
— Hozir jon beryapman. An’anaga sodiq qolasanmi? Shuni bilmoqchiman.

E’lonlar taxtasidagi yozuvdan:
"Kelishgan yigit bilan turmush qurmoqchiman. Uni yonida ko`p ovqat yeyishga uyalib ozish niyatidaman. Yetarlicha ozganimdan so`ng, ajrashib ketishimiz ham mumkin".

Xotin eriga:
— Azizim, bugun ajoyib tush ko`ribman!
— Qanaqa tush ekan?
— Tushimda siz menga bir dona olma berganmushsiz...
— Buni nimasi ajoyib?!
— O`sha olma-chi tishlangan ekan...
— Tishlangan olma ko`rsang ham, senga Apple telefonini olib berolmayman!

Kunlarning birida ota-o`g`il toqqa, dam olishga chiqishibdi. O`g`li toshga qoqilib, yiqilib tushibdi-da, og`riqdan:
— Ay!, - deb baqiribdi.
"Ay!" degan aks-sado kelibdi.
— Kimsan?, - so`rabdi bola hayron bo`lib.
"Kimsan" degan aks-sado eshitilibdi.
— Tentak, - deb baqiribdi.
Yana "Tentak" eshitilibdi.
Adasi o`g`liga qarab, — To`xta, - debdi-da, — Sen zo`rsan!, - deb baqiribdi.
"Sen zo`rsan" degan sado kelibdi.
— Seni yaxshi ko`raman, - desa,
"Seni yaxshi ko`raman" degan ovoz kelibdi tog`lardan.
— Ko`rdingmi o`g`lim, men zo`rman va meni yaxshi ko`rishadi. Sen esa tentaksan, - degan ekan adasi.

Tasodifan tanishgan ikkita odam garov o`ynabdi. Birinchisi:
— Hozir men o`ng ko`zimni tishlayman, sen menga ellik ming berasan, - debdi.
— Ko`zingni-ya?, Tishlay olmaysan, - debdi ikkinchi odam.
U odamni ko`zi protez ekan, shartta ko`zini olibdi-da, tishlabdi.
Sherigi ellik ming berishga majbur bo`libdi.
— Endi ikkinchi ko`zimni ham tishlayman, - debdi haligi odam.
— Tishlay olmaysan! Ikkala ko`z ham protez bo`lishi mumkin emas, - desa,
— Meni tishlarim protez, - deb tishini joyidan olib, yana ellik minglik bo`lib olgan ekan.

Ixtirochi do`stiga dedi:
— Men huddi odamga o`xshab ketadigan kompyuter yaratdim.
— Ho`sh, nimasi odamga o`xsharkan?
— O`zi xato qilib qo`yib, boshqa kompyuterga to`nkab turaveradi.

Xotin eriga nolibdi:
— Bilganimda, sizgamas, shaytonga turmushga chiqardim!
Eri:
— Aka-singillar turmush qurishmaydi, - dermish.

Yangi tanishuv xizmati ochilibdi.
— Allo, yaxshi qiz, siz bilan tanishsak bo`ladimi?
— Bo`ladi. O`zingizni tariflab bering.
— Men past bo`yli, to`lachadan kelgan, soch-soqoli o`sgan...
— Alish, sanmisan?!

Ikkita yigit kinoteatrda kino boshlanishini kutib o`tirishsa, oldi qatorda bir kal odam o`tirgan ekan. Bittasi sherigiga:
— Kel, garov o`ynaymiz! Anavi kalni boshiga urib kelsang ellik ming beraman, - debdi.
Sherigi o`ylanib turib, rozi bo`libdi. Sekin kalni oldiga borib boshiga bir urib:
— Salom Ahmad! Qayerlarda yuribsan?, - desa, kalni jahli chiqib:
— Men Ahmad emasman! Adashtirib yubordingiz, - debdi.
— Kyechirasiz, huddi Ahmadga o`xshar ekansiz, - deb joyiga borib o`tiribdi. Birozdan so`ng haligi sherigi:
— Yana borib boshiga ursang, yuz ming beraman, - debdi. Sherigi yana borib kalni boshiga bir urib:
— Salom Ahmad! Sochimni oldirsam, tanimaydi deb o`ylayapsanmi?, - debdi. Kalni yana jahli chiqib:
— Akajon, men Ahmad emasman, - deb boshqa joyga borib o`tiribdi. Yana biroz vaqt o`tgach haligi yigit:
— Yana borib boshiga ursang ikki yuz ming beraman, - debdi. Sherigi kalni oldiga borib boshiga bir urib:
— Salom Ahmad! Bu yerdamiding? Boyadan beri narigi yoqda bir bolani senga o`xshatib yuboribman, - dermish.

Boshliq ishga yangi kotiba olibdi. Uyga kelsa, xotini rashk bilan so`rabdi:
— Xo`sh, yangi kotibangizni oyoqlari qanaqa ekan?
Eri:
— Bilmadim, - debdi.
Xotini yana so`rabdi:
— Ko`zlari qanaqa ekan?
— E’tibor bermadim.
— Loaqal qanaqa kiyinarkan?
— Ko`rdim. Juda tez kiyinar ekan!