Ikkita yigit kinoteatrda
Latifa matni:
Ikkita yigit kinoteatrda kino boshlanishini kutib o`tirishsa, oldi qatorda bir kal odam o`tirgan ekan. Bittasi sherigiga:
— Kel, garov o`ynaymiz! Anavi kalni boshiga urib kelsang ellik ming beraman, - debdi.
Sherigi o`ylanib turib, rozi bo`libdi. Sekin kalni oldiga borib boshiga bir urib:
— Salom Ahmad! Qayerlarda yuribsan?, - desa, kalni jahli chiqib:
— Men Ahmad emasman! Adashtirib yubordingiz, - debdi.
— Kyechirasiz, huddi Ahmadga o`xshar ekansiz, - deb joyiga borib o`tiribdi. Birozdan so`ng haligi sherigi:
— Yana borib boshiga ursang, yuz ming beraman, - debdi. Sherigi yana borib kalni boshiga bir urib:
— Salom Ahmad! Sochimni oldirsam, tanimaydi deb o`ylayapsanmi?, - debdi. Kalni yana jahli chiqib:
— Akajon, men Ahmad emasman, - deb boshqa joyga borib o`tiribdi. Yana biroz vaqt o`tgach haligi yigit:
— Yana borib boshiga ursang ikki yuz ming beraman, - debdi. Sherigi kalni oldiga borib boshiga bir urib:
— Salom Ahmad! Bu yerdamiding? Boyadan beri narigi yoqda bir bolani senga o`xshatib yuboribman, - dermish.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Ikkita yigit kinoteatrda kino boshlanishini kutib o`tirishsa, oldi qatorda bir kal odam o`tirgan ekan. Bittasi sherigiga: