Ichak uzdi
— Adajon, tushimda menga besh ming berganmushsiz...
— O`sha pullarni o`zingga olib qo`yaqol, o`g`lim!

Bir yigit Sibirga, do`stini uyiga mehmonga boribdi. Ovqatlanib o`tirsa, oyog`ini ostidan kalamushdek keladigan jonzod o`tib qolibdi.
Shunda mehmon:
— Shu sovuqda kalamush nima qiladi?, - desa.
Mezbon:
— Bu kalamush emas. Palto kiygan suvarak!, - dermish.

Bir kuni savlatli kiyingan erkak, avtobus bekatida odob bilan hammani o`tkazib yuborib, oxirgi bo`lib o`zi avtobusga chiqibdi. Lekin kutilmaganda oyog`ini eshik siqib qolgan ekan,
— Padaringga la’nat, eshshak, hayvon! Och eshikni xezalak! Nima ko`rmisan ahmoq, ..., - deb so`kina boshlabdi.
Qo`rqib ketgan haydovchi shu zahoti eshiklarni ochibdi. Boyagi erkak darhol o`ziga kelib, ust-boshini to`g`rilab, hushmuomalalik bilan:
— Uzr so`rayman! Juda qo`rqib ketdim-da..., - dermish jilmayib.

O`rmon shohi sher hamma hayvonlarni yig`ib:
— Hech qanday yegulik qolmagani sabab, oramizda eng kichkina jonivorni yeymiz, - desa, quyon darrov o`rnidan turib:
— Kim sherga tegsa, o`shani dab-dalasini chiqaraman, - dermish.

— Keling singlim! Nima xizmat?
— Idorangizga ishga kirmoqchi edim...
— Yaxshi. Faqat talablarimiz bor. Masalan, 90x60x90, ...
— 486 ming!
— Hali oxirigacha aytib ulgurmadim-ku... Mayli bizga hisobchi ham kerak edi, olamiz!

Yosh uchuvchi qo`nish maydonchasiga yaqinlasha turib, dispecher bilan hazillashmoqchi bo`libdi. Ratsiyani ko`tarib:
— Allo, kimligimni top-chi?, - desa, dispecher qo`nish maydonidagi hamma chiroqlarni o`chirib qo`yibdi-da:
— Qayerga qo`nishingni top-chi, - dermish.

Bir mast odam eski chiroq topib olibdi. Ishqalasa, ichidan jin chiqib:
— Tila tilagingni! Uchta tilagingni bajaraman, - debdi.
Mast odam unga:
—Kel yuzta-yuzta olaylik!
— O`ylab ko`r. Bu birinchi tilaging hisobidan ketadi.
— Mayli. Qani oldik.
— Endi ikkinchi tilagingni ayt!
— Yana yuz-yuz quy!
— Hoy inson, yaxshiroq narsa so`rasang-chi?
— Ey, quy degandan keyin, quyda! Qani oldik.
— Balki uchinchi tilagingga biror nima so`rarsan!
— Yana yuzta-yuzta olaylik!
— Sen aqldan ozibsan! Bu oxirgi tilaging.
— Mayli, roziman, - deb ichib yuborishibdi.
Jin chiroqqa qaytib kirib ketibdi-yu, besh daqiqadan keyin qaytib chiqib kelib:
— Mayli, to`rtinchi tilagingni ham tila! Men roziman!, - dermish.

Bir kishi do`kondan ko`mir sotib olsa, o`ramni ustida quyidagicha yozib qo`yilgan ekan:
"Mazkur ko`mirni yoqish uchun 3434 raqamiga SMS yuboring".

Sochi to`kilib, kal bo`layotganlarga retsept:
Boshingizga asal surib, uch kun kuting. So`ng asalga qo`ngan pashshalarni cho`chitib, uchirib yuboring. Pashshalarning oyoqchalari esa boshingizda qoladi.

— Kecha qo`shnimizni mashinasidagi chang ustiga "Meni yuvintir" deb yozib qo`ysam, u bugun meni avtomobilimga "Kirsang yuvaman" deb yozib ketibdi.