Latifa matni:
Boshliq ishga yangi kotiba olibdi. Uyga kelsa, xotini rashk bilan so`rabdi:
— Xo`sh, yangi kotibangizni oyoqlari qanaqa ekan?
Eri:
— Bilmadim, - debdi.
Xotini yana so`rabdi:
— Ko`zlari qanaqa ekan?
— E’tibor bermadim.
— Loaqal qanaqa kiyinarkan?
— Ko`rdim. Juda tez kiyinar ekan!