Ichak uzdi
Bir millioner odamni o`g`irlab ketishibdi. Ko`l bo`yiga olib borib, boshini suvga tiqib-chiqarib:
— Pullar qayerda? Pullar qayerda?, - deb so`rayverishibdi o`g`rilar.
Boyagi boy nafasi bo`g`ilib:
— Yigitlar, pullar ko`rinmayapti. Yoki chuqurroq kirishim kerak, yoki suv ostida uzoqroq ushlab turinglar-da..., - dermish.

Qirq yoshlardan oshgan yigit uylanib, to`ydan keyin kelin bilan gaplashib o`tirganmush:
— Azizam, sizga to`g`risini aytaman, meni qandli diabetim bor, surunkali gepatitim, gaymoritim ham bor...
— O`zi nimangiz yo`q?, - so`rabdi kelin.
— Sochim yo`q. Parik kiyganman. Tishlarim ham yo`q. Protez taqib oldim.

Putin Rossiya yo`llarida 120 km/s tezlik bilan ketayotgan vaqt, undan oldinda 200 km/s tezlikda asfalt yotqizuvchi mashinalar ketib borar edi.
Qizil shapkacha o`rmonda ketayotsa, oldidan bo`ri chiqib:
— Salom yashil shapkacha, - debdi.
Qizil shapkacha esa:
— Salom, kul rang, daltonik bo`ri!, - dermish.

Bir kuni ota-bola uyga Imzo derazalarini o`rnatayotsa, adasi o`g`liga:
— O`g`lim, ehtiyot bo`l! Bu derazalar juda qimmat turadi, - desa, o`g`li adasini eshitmay qolibdi-da, derazani sindirib:
— Nima deysiz, eshitmadim...?, - dermish.

Ertalab kelin kaftlarini yerga tekkazib, mashq qilayotsa, qaynonasi unga qarab:
— Salom bersangiz bo`ldi. Ta’zim qilishingiz shart emas!, - debdi.

— Do`stim, restoranda bepul ovqatlanish yo`lini topdim!
— Qanday yo`l ekan?
— Hashamatli biror restoranning yopilishiga ozgina vaqt qolganida kiramiz. Istaganimizcha taom buyurtma berib, ovqatlana boshlaymiz. Ish vaqti tugab, ofitsiantlar birin-ketin uyga keta boshlashadi. Oxirgi qolgan ofitsiant bizdan pulni so`rasa, biz uni sherigi pulni olganini aytamiz.
— Zo`r-ku, qoyil. ketdik.
Restoranda ofitsiant:
— Kech bo`lib qoldi. Restoran yopiladi. Marhamat qilib hisob-kitob qilsangiz...
— Iye, biz boshqa ofitsiantga pulini allaqachon to`lab bo`lganmiz. Qaytimini berasizlarmi, yo`qmi?

Er xotini bilan hazillashmoqchi bo`lib debdi:
— Azizam, senga bir sirni ochishim kerak!
— Nima sir ekan?
— Meni kechira olasanmi?
— Ichimni qizdirmasdan, ayting tezroq!
— Bizni qizimiz seni farzanding emas...

Poyezdda ketayotgan yo`lovchi ehtiyotsizlik qilib, kupe eshigini qattiq yopib yuborgan ekan, soqov yo`lovchining qo`lini siqib qo`yibdi.
Natijada esa, soqov odam:
— Voy dod!, - deb baqirib yuboribdi ...
Natijada esa, soqov odam:
— Voy dod!, - deb baqirib yuboribdi ...
Bir tadbirkor o`zi ochgan xususiy firma eshigi yonida mijoz kutib o`tirsa, uzoqdan u tomonga kelayotgan yigitni ko`rib qolibdi. Tadbirkor uni mijoz deb o`ylabdi-da, yugurib borib telefon go`shagini olib:
— Yo`q, yo`q! Bugun aslo iloji yo`q! Ishlarimiz juda-yam ko`p. Ertaga ham, indinga ham bandmiz. Keyingi hafta xabar oling! Navbatga yozib qo`yaman, - deb gapira ketibdi.
Boyagi yigit esa tadbirkorga qarab turib:
— Telefon ustasi chaqirganmidingiz? Tarmoq ishlamayotgan ekan, tuzatishga kelgandim, - debdi.