Latifa matni:
Bir millioner odamni o`g`irlab ketishibdi. Ko`l bo`yiga olib borib, boshini suvga tiqib-chiqarib:
— Pullar qayerda? Pullar qayerda?, - deb so`rayverishibdi o`g`rilar.
Boyagi boy nafasi bo`g`ilib:
— Yigitlar, pullar ko`rinmayapti. Yoki chuqurroq kirishim kerak, yoki suv ostida uzoqroq ushlab turinglar-da..., - dermish.