Ichak uzdi
Yosh bolakay onasiga kelib:
— Oyijon, men hisoblashni o`rganib oldim.
— Juda-yam yaxshi. Nimani hisoblashni o`rganding?
— Men hammani ahmoq deb hisoblayman!
— Oyijon, men hisoblashni o`rganib oldim.
— Juda-yam yaxshi. Nimani hisoblashni o`rganding?
— Men hammani ahmoq deb hisoblayman!
— Nega barcha film qahramonlari ertalab yuvinib bo`lgach, nonushta qilishga, gazeta o`qishga-yam ulgurishadi?
Men har kuni ertalab yuvinib-kiyinishga zo`rg`a ulguraman ...
Men har kuni ertalab yuvinib-kiyinishga zo`rg`a ulguraman ...
— Tilla baliqdan onasi o`pmagan, adasi so`kmagan, bemahalda ko`chada yurmagan, internetni bilmagan, telegrammga kirmagan, skaypda ko`rishmagan qizni so`ragandim.
— Xo`sh nima bo`ldi?
— O`zini o`lganga solib oldi.
— Xo`sh nima bo`ldi?
— O`zini o`lganga solib oldi.
Xotin eriga:
— Azizim, uzun sochlarimni kestirib, kalta turmak qilmoqchiman.
— Nega? O`zi yaxshi-ku!
— Axir boshimga o`zgartirish kiritish kerak-ku!
— Boshingni o`zgartirmoqchi ekansan, kitob o`qishni boshla!
— Azizim, uzun sochlarimni kestirib, kalta turmak qilmoqchiman.
— Nega? O`zi yaxshi-ku!
— Axir boshimga o`zgartirish kiritish kerak-ku!
— Boshingni o`zgartirmoqchi ekansan, kitob o`qishni boshla!
Er-xotin ovqatlanib o`tirishsa, xotini kosadagi ovqatini kiyimiga to`kib yuboribdi:
— Voy qarang, huddi cho`chqaga o`xshayman-a..., - debdi xotini.
— Ha! Aniqrog`i ust-boshiga ovqat to`kilgan cho`chqaga..., - dermish eri.
— Voy qarang, huddi cho`chqaga o`xshayman-a..., - debdi xotini.
— Ha! Aniqrog`i ust-boshiga ovqat to`kilgan cho`chqaga..., - dermish eri.
Yarim kechasi qabrdan bir arvoh chiqib, yonidagi qabrga qarab:
— Og`ayni, yur shahar aylanib kelamiz, - debdi. Yonida yotgan arvoh ham, - Mayli ketdik, - debdi-da, qabr toshini ko`tarib olibdi.
Boyagi arvoh hayron bo`lib:
— Buni nima qilasan?, - desa, sherigi:
— Ko`chada militsiya pasportimni so`rasa nimani ko`rsataman, - dermish.

Bir yigit do`stiga:
— Qarz berib tur, albatta qaytaraman!
— Bermayman, keyin qaytarib berolmaysan.
— Nima, menga ishonmayapsanmi?
— Senga ishonguncha, Ahmadboyga ishonganim yaxshi!!!
— Qarz berib tur, albatta qaytaraman!
— Bermayman, keyin qaytarib berolmaysan.
— Nima, menga ishonmayapsanmi?
— Senga ishonguncha, Ahmadboyga ishonganim yaxshi!!!
Eridan qattiq ranjigan xotin:
— Hech bo`lmasa uzr so`rasangiz bo`lardi...
— Xo`p, uzr. Kechiraqol!
— Boshimga uramanmi uzringizni?! Kimga kerak kechirim so`rashingiz?!
— Hech bo`lmasa uzr so`rasangiz bo`lardi...
— Xo`p, uzr. Kechiraqol!
— Boshimga uramanmi uzringizni?! Kimga kerak kechirim so`rashingiz?!
— Qani oldik, ichamizmi?
— Nima munosabat bilan?
— Bugun 15.10.2016!
— Xo`sh nima bo`pti?
— Bunaqa sana hayotda bir martta bo`ladi axir!
— Nima munosabat bilan?
— Bugun 15.10.2016!
— Xo`sh nima bo`pti?
— Bunaqa sana hayotda bir martta bo`ladi axir!
Xotin eriga:
— Azizim, qaymoq tugadi!
Eri:
— “Tugadi” emas, “Tugatdim” degin. Qachon vijdon bilan gapiradigan bo`lasan-a?
— Azizim, qaymoq tugadi!
Eri:
— “Tugadi” emas, “Tugatdim” degin. Qachon vijdon bilan gapiradigan bo`lasan-a?