Ichak uzdi
Soat do`konida:
— Mana shu soatni xarid qiling! Bu Shveysariya soatlarining aynan nusxasi!
— Mayli bering! Mana sizga AQSh dollarining aynan nusxasi!

Qiz:
— Sen iflosni deb hayotim alg`ov-dalg`ov bo`ldi. Senga butun yoshligimni sarfladim, - deb baqirayotsa, oshxonadan onasini ovozi eshitilibdi:
— Diplomni tinch qo`y qizim!!! - dermish.

Harbiy qismga kelgan yosh askar Sharipovning otasi vafot etgani haqida xabar kelibdi. Ofitserlar bu shumxabarni unga qanday yetkazish haqida o`ylay boshlashibdi. To`g`ridan-to`g`ri aytay desa, askar hali yosh. O`zini biron nima qilib qo`yishi mumkin. Oxiri komandir yaxshi usul taklif qilibdi. Ertalabki yig`inda qism komandiri buyruq beribdi:
— Otasi borlar 1 qadam oldinga "Shagom marsh"!!! Sharipov sen qayoqqa???

Chet ellik yirik tadbirkor homiylik qilmoqchi bo`lgan korxonaga kelib, qiziqarli voqea aytib beribdi. Zalda o`tirganlarni hammasi kulib yuborishibdi. Shunda badavlat tadbirkor tarjimonga:
— Qanday qilib aniq tarjima qila olding? Hamma rossa kulyapti? - desa, tarjimon dermish:
— Sizlarni homiyingiz latifa aytyapti, kulishingiz shart! - dedim xolos...

— Guli, yuzingga nima qildi? Huddi eri urgan xotinni yuziga o`xshab qolibdi.
— Yashshamagur sigirimiz, shunaqa qilib qo`ydi.
— Voy, yuzingga tepib yubordimi?
— Yo`q, har kuni sog`ayotganimda dumi bilan yuzimga uraverardi. Dumi qimirlamasin deb, g`isht bog`lab qo`ygandim.

Dugonalar suhbatidan:
— Dugon, avtobusga chiqsam nuqul erkaklarning o`ng qo`liga qaraydigan bo`lib qoldim. Bu yoshim o`tganini belgisimi?
— Yo`q ,agarda bo`sh joy axtarib qolsang, shunda yoshing o`tgani aniq bo`ladi...

O`rtoqlarga otkrevenniy xat.
Do`stlar, danniy mament rodnoy tilimizga davlat statusi berilgan ukaz chiqqaniga yigirma yetti yildan oshdi. Bu katta srok. Shuncha yil bo`libdi-yu, fakticheski hali ham tilimizga raznob-razniy so`zlarni aralashtirib gapirib, porot bo`layapmiz. Katta bratanlar ham, molodoylar ham chista o`zbek tilida gaplashmayapti. Inostranslar bu turishda ustimizdan tugul, yonboshimizdan ham kulib tashlaydi. Axir bu pozor-ku. Birgina misol, qo`shiqchi zvezdalarimizni olaylik. O`zbekcha kuylaydi, lekin o`zbekchani bilmaydi. Na vsyaki sluchi, hoy barakatopgur to`g`ri talaffuz qilishni o`rganib qo`y, deydigan odam yo`q. Otvetsvennost sust. Vot problema gde? Bu ketishda dedushka, babushkalarimizning so`zlarini polniy unutib yuboramiz, shekilli. E, bo`lmagan gap, mazgini qotirma deyayapsizmi?Vot, naprimer, sizlarga o`zim guvoh bo`lgan bir ikkita-svejiy voqeani aytib beray. Yaqinda bir to`da druglarim bilan stadionga futbol ko`rgani tushdik. Biz balet qiladigan komanda birinchi taymda normalniy o`ynab turuvdi. Ikkinchi taymda suluchayno duxiga o`tirsa bo`ladimi?! Srazi 2 ta gol o`tkazib yubordi. Deystvitelniy bemalol yutsa bo`lardi. Aksiga olib futbolistlar sudya bilan protiv bo`lib qolishdi. Natijada bir o`yinchimiz krasniy kartochka olib maydondan quvildi. Nervim chiqib ketdi. Bir payt qarsam yonimdagilar ruschasiga Pedya (sudyaning ismi shunaqa bo`lsa kerak) men birinchiman deb baqirayapti. Shu yerda ham haqiqat yo`q deb xunobim oshdi. E’tibor bersam, ular refereni arazladi deb o`ylashgan chog`i, avval uning ismini aytib, keyin araz, araz deb baqirishayotgan ekan. Ne mojet bit deyaquloqlarimga ishonmadim. Bo`larkan-ku, yomon gapni ham shunday ifodalasa, malades deya yonimdagikishining yelkasiga qoqib qo`ydim. Notanish kishi menga olayib, «Chort poberi, durak, sudyani so`kyapmiz-ku?», desa bo`ladimi. Keyin bilsam, bolelshiklar baralla so`kinayotgan ekan. Yer, yo`g`e, stadionyorilmadi kirib ketsam. Rosa uyaldim. Kontso kontsov yutqazganimiz undan badtar alam qildi.Shundoq, domimizni yonida shkola bor. Ishga ketayotib, bir to`da molodoylarning bir-biri bilan urushayotganini ko`rib qoldim. Borib ularni ajratmoqchi bo`lsam, razborga aralashma deb baqirishdi. Mushtday xuliganlarning priznavat qilmagani mayli, nuqul allaqanday men tushunmaydigan so`zlar bilan so`kinib, mening o`zimga naezd qilib ketishdi. Ichimda pojar boshlanganday bo`ldi. Grajdanlar, neujilli, sof o`zbekcha gapirishning iloji bo`lmasa?Karochchi, gapni aylantirmay, srazi aytib qo`yay, xullas bu holatlardan vobshe nedavolenman. Bu problemani reshat qilmasak bo`lmaydi. Pomoemu, dastavval problema detsadami, maktabdami, yoki o`zimizdami, buni tochno aniqlash zarur. Ana undan keyin unga srochno chek qo`ysa bo`ladi.Bundan tashqari birinchi ocheredda davayti, bugundan chisto o`zbekcha gapirishni boshlaylik. Spor o`ynayman, nevozmojniy narsaning o`zi yo`q, harakat qilsak eplaymiz. Tak chto, xotya bi haftaning konkretniy bir kunida zarubejniy aralashtirmasdan gaplashsak, otvechayu, maqsadimizga erisha olamiz. Naprimer sredami, chetvergmi, farqi yo`q. Barchamiz uchun udobni kunni tanlasak bo`ldi. Pojalusta, o`sha kuni oilada bolalar bilan, ishxonada sotrudniklar bilan chista o`zbekcha muloqotda bo`lamiz. Kelishdik-a. Poka shu gaplar. Dalshe yana o`ylashib ko`ramiz.
Aralash Quralashovning pismosini Inomjon Abdiyev oqqa ko`chirdi.

Xitoyliklarda xiyonat degan tushuncha umuman yo`q ekan.
Agar mabodo adashib, xiyonat qilib qo`yishsa:
— Kechirasizlar, bilmay qoldim, - deb bosh egib turaverisharkan.

Bir yigit chet eldi 5 yil yurib, uyga qaytibdi. Qaytibdi-yu, lekin nuqul ruscha gapirarmish. Qishlokdan xolasi ko`rgani kelibdi. Salom-alikdan so`ng xolasi hasrat boshlabdi:
— Bolam, o`tgan yili pochchang ham olamdan o`tdilar, - desa. Yigit:
— Chepuxa, - debdi. Xolasi u ruschasiga "Hudo rahmat qilsin" degani bo`lsa kerak-da deb:
— Nima ham qilardik bolam, bizam "Chepuxa" deb o`tiribmiz, - dermish.

Bir kuni tipratikan quyonni mahkam bag`riga bosib debdi:
— Mana sevgi qanchalik azob ekanini ko`rdingmi?!