Latifa matni:
Bir yigit chet eldi 5 yil yurib, uyga qaytibdi. Qaytibdi-yu, lekin nuqul ruscha gapirarmish. Qishlokdan xolasi ko`rgani kelibdi. Salom-alikdan so`ng xolasi hasrat boshlabdi:
— Bolam, o`tgan yili pochchang ham olamdan o`tdilar, - desa. Yigit:
— Chepuxa, - debdi. Xolasi u ruschasiga "Hudo rahmat qilsin" degani bo`lsa kerak-da deb:
— Nima ham qilardik bolam, bizam "Chepuxa" deb o`tiribmiz, - dermish.