Ichak uzdi
Qiz sevgan yigitiga debdi:
— Adam siz bilan uchrashib, yaqindan tanishmoqchilar.
— Nega? Axir kecha qo`lida bolta ushlab, meni rosa quvladilar-ku?
— Adam yugurish bo`yicha sport ustasi. Sizga yeta olmabdilar. Shunga sizni yoqtirib, uchrashib ko`rmoqchilar-da.

Yangi kelinchakka uydagilari:
— Borgan joyingda hammani sizlab gapirgin, - deb o`rgatishibdi.
Kelin hovlini supurayotsa, bir tovuq axlatni titishni boshlabdi. Kelin tovuqni hayday boshlabdi:
— Kishting, kishting, kishting!!!

Ota o`g`liga aytibdi:
— Muvaffaqiyatni kaliti, hamma eplay olmaydigan ishni zo`r bajarishdir!
O`g`li esa:
— Hammadan ko`ra ishsiz o`tirishni zo`r eplayman. Bo`ladimi? - dermish.

Er-xotin uyquga ketayotsa, shkaf ichidan ovoz kelibdi:
— Ering uxladimi?
Xotini:
— Shunaqaga o`xshaydi?!
Shkaf ichidan:
— Unday bo`lsa, men ketdim!
Shu payt eri sakrab o`rnidan turib:
— Hali seni kredit pulingni to`lab bo`lmadim. Qayoqqa ketasan???

Arzimagan kichik sabablarga ham quvonib yurish kerak!
Faqat kichkina uy va maosh uchun emas...!

— Sizlarga mazza, mijozlardan choy-chaqa pulini olib turasizlar...
— Sizlarda-chi?
— Bizlarda buning uchun qamashlari mumkin.
— Qayerda ishlaysiz?
— GAIda...

Bir kuni yosh yigit ko`chada ko`zgu topib olibdi. Unda o`zini aksini ko`rib:
— Men bilan urishasanmi? To`xtab tur, unda hozir krasofkamni kiyib kelay, - deb ketibdi.
Qaytib kelgunicha ko`zguni mashina bosib, maydalab ketibdi. Shunda yigit:
— Nomard, bir kishiga nechtang urishansanlar, - dermish.

Sher o`rmondagi hamma hayvonlarni yig`ib, latifa ayttiribdi.
— Kimni latifasi kulgili chiqmasa, o`shani yeyman, - debdi sher.
Birinchi bo`lib quyon latifa aytibdi. Hamma hayvonlar kulibdi. Faqat jirafa kulmabdi. Sher quyonni yeb bo`lgach, bo`ri latifa aytibdi. Jirafa rossa kulibdi.
— Nega kulyapsan? - deyishsa, jirafa:
— Quyonni latifasi kulgili ekan, - dermish.

Harbiy xizmatni o`tayotgan o`g`liga ota-onasidan xat kelibdi:
"Aziz bolajonim! Mana, xizmating ham tugay deb qoldi. Uyga qaytishingga qanday sovg`a tayyorlab qo`yaylik? Mashina olib qo`yaylikmi? yoki yangi uy olaylikmi? Balki kelin topib qo`yarmiz...?"
Armiyadagi o`g`lidan javob xati kelibdi:
"Mehribon adajonim va onajonim! Menga mashina ham, uy ham, kelin ham kerakmas! Bitta qo`chqor olib, unga Qo`chqorov deb laqab qo`yinglar. Harbiy xizmatdan uyga qaytgach, o`sha praporshik Qo`chqorovni so`yib, go`shtini yeyman!"

Ikkita yigit barga kirib, ichib o`tirishsa,ro`parasida ko`zgu bor ekan. Biri ikkinchisiga qara:
— Anavilarni qara, yigirma yildan keyin biz ham huddi shularga o`xshab qolamiz, - desa, ikkinchisi:
— Ahmoq, bu ko`zgu-ku...! - dermish.