Ichak uzdi
Farrosh ayol militsiyaga shikoyat qilmoqda:
— Ortimdan kelib, tilla zanjirimni o`g`irlab ketdi.
— Siz qochishga urinmadingizmi?
— Qayoqqa qochaman? O`ng tarafimda devor, chap tarafimda chelak, orqamda o`sha ablah o`g`ri turibdi. Old tomondagi pollarni yuvib bo`lgandim. Iflos qilgim kelmadi.

— Allo, bu hayvonot bog`imi?
— Ha, nima gap?
— Xonadonimda ilon o`rmalab yuribdi!
— "Hayvonlarni himoya qilish jamiyati"danmisiz?
— Yo`q!?
— Ekologik harakat a’zosimisiz?
— Aslo!?
— Unda nimaga belkurak bilan ilonga tushirib qolmadingiz???

Ko`p bolali erkak xotini va bolalari bilan restoranda kechki ovqatni tanovul qilib bo`lgach, ofisiantkani chaqirib so`radi:
— Stol ustidagi qolgan ovqatlarni paketga solib bera olasizmi? Itimga berardim.
— Albatta.Shunda bolalari bor ovozda qichqirishdi:
— Ura, it sotib olarkanmiz!!!

Xotin:
— Azizim, agar men hov anavi daryoga o`zimni otsam, meni cho`kishdan qutqarib qolarmidingiz?
Er:
— «Ha» desam, sakrarmiding?

Bolalar bog`chasida tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni oltigacha sanashga o`rgatyapti. Hamma sanadi. Eshmat tarbiyachiga dedi:
— Men oltidan keyingilariniyam sanashni bilaman.
— Qani, sana-chi!
— Yetti, sakkiz, to`qqiz, dama, korol, tuz…

Bolalar bog`chasida «Sen qanday paydo bo`lgansan?», degan savolga tarbiyalanuvchilar javob berishyapti:
Toshmat:
— Meni Laylak olib kelgan!
Eshmat:
— Meni karamning ichidan topib olishgan!
Qo`shmat:
— Mening ota-onam badavlat emas. Hamma ishni dadamning o`zi bajaradi!

Xotin eridan so`radi:
— Azizim, mening ko`zlarim moviy dengizni eslatadimi?
— Ha.
— Sochlarim sharsharaga o`xshaydimi?
— Ha.
— Lablarim atirgul g`unchasi kabi go`zalmi?
— Albatta.
— Oh, xushomad qilganingizda menga shunchalar yoqasizki…

Yangi boyning o`g`li sevgan qizini onasiga tanishtiryapti:
— Oyi, bu Shahnoza. Ajoyib tortlar, piroglar pishiradi, osh damlashni qiyib qo`yadi, uy yig`ishtirishda unga teng keladigani yo`q.
— Juda yaxshi, o`g`lim. Kuniga 20 dollardan to`layman. Seshanba, juma kunlari ishlaydi.

Xotin endi-endi uyquga ketayotgan erini turtib dedi:
— Ishonasizmi, Afrikadagi qaysidir qabila erkaklari xotinlarini sotisharkan. Ayting, siz ham meni sotgan bo`larmidingiz?
— Bu nima deganing, jonim? Men seni tekinga bervorardim, tekinga!

Bolakay dadasidan so`radi:
— Dada, «shohobcha» nima?
— Shohobchami? Mana, masalan, sening tuvaging bor-a?
— Ha.
— O`sha tuvaging unitazimizning shohobchasi hisoblanadi.