Latifa matni:
Bolalar bog`chasida «Sen qanday paydo bo`lgansan?», degan savolga tarbiyalanuvchilar javob berishyapti:
Toshmat:
— Meni Laylak olib kelgan!
Eshmat:
— Meni karamning ichidan topib olishgan!
Qo`shmat:
— Mening ota-onam badavlat emas. Hamma ishni dadamning o`zi bajaradi!