Latifa matni:
Yangi boyning o`g`li sevgan qizini onasiga tanishtiryapti:
— Oyi, bu Shahnoza. Ajoyib tortlar, piroglar pishiradi, osh damlashni qiyib qo`yadi, uy yig`ishtirishda unga teng keladigani yo`q.
— Juda yaxshi, o`g`lim. Kuniga 20 dollardan to`layman. Seshanba, juma kunlari ishlaydi.