Latifa matni:
Farrosh ayol militsiyaga shikoyat qilmoqda:
— Ortimdan kelib, tilla zanjirimni o`g`irlab ketdi.
— Siz qochishga urinmadingizmi?
— Qayoqqa qochaman? O`ng tarafimda devor, chap tarafimda chelak, orqamda o`sha ablah o`g`ri turibdi. Old tomondagi pollarni yuvib bo`lgandim. Iflos qilgim kelmadi.