Qaynona har uchta
Latifa matni:
Qaynona har uchta kuyovini sinamoqchi bo`libdi. Birinchi kuyovi darvozadan kirib kelishi bilan, o`zini hovlidagi hovuzga tashlabdi. Katta kuyov darhol qutqarib olibdi. Ertasiga katta kuyovni darvozasi oldida yangi Neksiya mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
Ertasiga qaynona o`rtancha kuyovini ham huddi shunday sinabdi. O`rtancha kuyovi tongda tashqariga chiqsa, darvozasi oldida yangi Matiz mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.
uchinchi kuni qaynona kenja kuyovini sinash uchun o`zini suvga tashlabdi. Kenja kuyov ichida o`ylabdi:
— Katta bojamga Neksiya, ikkinchi bojamga matiz tegdi. Menga eski Tiko yoki shalog`i chiqqan Jiguli tegsa kerak, - debdi-da, qaynonasini qutqarmabdi.
Ertasi kuni ertalab ko`chaga chiqsa, darvozasi oldida yangi Kaptiva turgan emish. Ustida "Sevimli kuyovimga qaynotasidan" degan yozuv turganmish.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Qaynona har uchta kuyovini sinamoqchi bo`libdi. Birinchi kuyovi darvozadan kirib kelishi bilan, o`zini hovlidagi hovuzga tashlabdi. Katta kuyov darhol qutqarib olibdi. Ertasiga katta kuyovni darvozasi oldida yangi Neksiya mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish.