Latifa matni:
Bog`chadan qaytgan qizaloq kollejda o`qiydigan opasiga shoshib:
— Opa-opa, sizga she’r aytib beraymi? - deb so`rasa, opasi jilmayib:
— Mayli, aytib beraqol! - debdi. Qizaloq yana:
— Faqat siz qarsak chalib turing, xo`pmi? - debdi. Opasi ham:
— Xo`p, aytaqol! - deb qarsak chalishni boshlasa, qizaloq:
— Hamma qizlar o`qishda,
Kitob o`qib yuribdi!
Bitta ahmoq bu yerda,
Qarsak chalib turibdi! - dermish.