Latifa matni:
Har kuni bir kishi bozorda rediska sotadigan kampirga 1000 so`m berib, rediska olmasdan ketarkan.
Bir kuni haligi odam yana 1000 so`m berib, ketayotsa, kampir uni qo`lidan shartta ushlabdi. Shunda kishi:
— Hoynaxoy xolajon bu safar rediska olmasligimni sababini so`ramoqchi bo`lsangiz kerak?! - desa, kampir:
— Rediska olasanmi-yo`qmi bu meni qiziqtirmaydi. Rediska 1500 bo`ldi! - dermish.