Bo`limlar
Latifalar
Bir yigit hech uylanmasmish. Onasi:
— Bolam nega ko`rsatgan qizlarimni birortasini ham xohlamayapsan, desa,
O`g`il:
— Ona ularning hammasi g`irt, debdi.
— Voy u nima degani, desa,
O`g`il:
— Nima deyishni bilmay, ishyoqmas, dangasa, uyquchi, deb tushuntiribdi.
Ona shunda:
— Voy 3 opang ham g`irt edi, bib binoyi yashab ketdi, qolaversa manam rosa uchiga chiqqan g`irt bo`lganman. Adang sezmagan ham, dermish.

Jinnixonada bir yigit chiroyli kelishgan doim o`ychan o`tirardi. Undan nega jinni bo`lib qolgansiz dedim. To`g`risi bergan savolimdan o`zim ham qo`rqib ketdim, lekin u bosiqlik bilan gap boshladi:
— Men ancha yil oldin. 20 yoshimda 39 yoshli ayolga uylandim. Xotinimni 20 yoshli qizi bor edi. Qizini eri yo`q edi. Meni dadam 43 yoshda bo`lib xotinimni qiziga uylandi. Ya’ni dadam meni xotinimga kuyov bo`ldi. Boshqa tarafdan xotinimni qizi menga o`gay ona bo`ldi va bir o`g`il tug`di. Menga uka, xotinimga nevara bo`ldi. Bir tarafdan menga ham nevara bo`ldi. Natijada men ukamni bobosi bo`ldim. Yillar o`tib xotinim ham o`g`il tug`di. Dadamni xotini uchun uka, meni o`g`limga buvi. Yoki meni o`g`lim buvisiga uka bo`ldi. Yana bir tarafdan xotinimni qizi. Meni o`gay onam ug`limga opa bo`ldi. Hammadan daxshati shuki, men o`g`limga jiyan bo`ldim. Ayting men jinni bo`lmay kim jinni bo`lsin!?

— Oyi, men ko`chani aylanib kelaman.
— Kim bilan? Qayerga borasan? Qachon kelasan?
— Dada, men ko`chani aylanib kelaman.
— Yaxshi.

Bola kutubxonaga kirib so`radi:
— Kechirasiz Nasaf chempionligi haqida kitob bormi?
Kutubxonachi javob qildi:
— Fantastik kitoblar 5-qatorda,
Bola so`radi:
— A Neftchi chempion bo`lgani haqidagi kitob bormi?
Kutubxonachi javob qildi:
— Tarixiy kitoblar 2-qatorda!

Bir kuni podsho Afandining o`g`lini huzuriga chaqirdi. Bolaning qaddi-qomati, qoshi-ko`zi xuddi otasinikiga o`xshar edi. Uning aqlini ham otasinikiga o`xshash-o`xshamasligini sinash uchun bolaga bir tilla bergan edi, u pulni sira olmadi.
— Nega tillani olmaysan?
— Onamdan qo`rqaman, u begona odamdan pul olmagin degan.
— Yasha,— xursand bo`ldi podsho,— men onang aytgan begona odam emas, hukmdoring bo`laman, ola ber!
— Men podsho ekanligingizni bilaman, onam bunga baribir ishonmaydida.
— Nima uchun?—hayron bo`ldi podsho.
— Agar podsho pul bersa, bir tilla emas, kuproq berar edi, deydi-da.

Kunlarning birida katta boy ziyofat berdi. Shahar hokimi va boshqa amaldorlar qatorida Afandini ham taklif qildi.
Boy hokim uchun uyning to`ridan joy hozirlab, unga a’lo noz-ne’matlarni qo`yar, boshqa odamlarga oddiy ovqatlarni tortar edi. Afandi hokimning yoniga o`tirdi-da o`z kosasiga hokimnikini, almashtirib oldi. Buni ko`rgan boy toqatsizlanib qichqirdi:
— Afandi, u ovqatga tegmang, zarar qiladi!
— Bilaman,— javob berdi Afandi,— hokim hazratlari bu ovqatni yeb shikastlanib qolmasinlar, hokim uchun men zararlanay deyapman.

Darvozadagi yozuv: "Eshik qo`ng`irog`i ishlamayapti. Itning g`ashiga teging, vovullashi bilan chiqamiz”.
Biznesmendan qanday qilib millioner bo`lganini so`rashdi.
— Xotinim tufayli.
— Qanaqasiga?
— Qancha pul topganimda xotinim pul yo`qligidan nolishni to`xtatishini bilmoqchi edim...

Afandi bozordan tog`ora olib kelayotgan edi, yo`lda birov duch kelib:
— Qani, taqsir, tog`orani menga bering, ko`tarishib ketay,— dedi-da, Afandining qo`lidan tog`orasini oldi.
Uyga yetdilar. Afandi odamgarchilik yuzasidan u kishini mehmon qilib jo`natdi. Biroq bu kishi har kuni kelib, Afandi bilan so`rashib:
— Xo`sh, qalay, tog`ora omonmi?—deb so`raydigan bo`lib qoldi.
Har gal kelganida, Afandi uni holi-qudrat mehmon qilib jo`natardi. Bu holning uzluksiz davom etishidan Afandi juda zerikdi.
Kunlarning birida, u kishi yana kelib, eshik qoqqan edi, Afandi tog`orani ko`tarib chiqdi. U ham so`rashib bo`lgach:
— Ha, qalay, tog`ora omonmi?—deb so`ragan edi. Afandi tog`orani yerga tashlab yubordi. U yerga tushib sindi.
— Ha, tog`ora shu damgacha omon edi, hozir ko`z oldingizda jon berdi,— deb Afandi uyga kirib ketdi.

Chol dengizdan tilla baliq tutib oldi. Tilla baliq tilga kirdi:
— Kampiring haliyam bormi?
— Ha.
— Unday bo`lsa meni yeb qo`yaver.
— Kampiring haliyam bormi?
— Ha.
— Unday bo`lsa meni yeb qo`yaver.