Afandi bozordan tog`ora
Latifa matni:
Afandi bozordan tog`ora olib kelayotgan edi, yo`lda birov duch kelib:
— Qani, taqsir, tog`orani menga bering, ko`tarishib ketay,— dedi-da, Afandining qo`lidan tog`orasini oldi.
Uyga yetdilar. Afandi odamgarchilik yuzasidan u kishini mehmon qilib jo`natdi. Biroq bu kishi har kuni kelib, Afandi bilan so`rashib:
— Xo`sh, qalay, tog`ora omonmi?—deb so`raydigan bo`lib qoldi.
Har gal kelganida, Afandi uni holi-qudrat mehmon qilib jo`natardi. Bu holning uzluksiz davom etishidan Afandi juda zerikdi.
Kunlarning birida, u kishi yana kelib, eshik qoqqan edi, Afandi tog`orani ko`tarib chiqdi. U ham so`rashib bo`lgach:
— Ha, qalay, tog`ora omonmi?—deb so`ragan edi. Afandi tog`orani yerga tashlab yubordi. U yerga tushib sindi.
— Ha, tog`ora shu damgacha omon edi, hozir ko`z oldingizda jon berdi,— deb Afandi uyga kirib ketdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi bozordan tog`ora olib kelayotgan edi, yo`lda birov duch kelib: