Bo`limlar
Latifalar
Bir kishi shoshilib kirib xotinini chaqirdi-da, ko`ylagini ko`tarib “Belimga tupur”, deb buyurdi. Xotin uning bu amridan ajablandi.
— Bo`laqol, belim og`rib, jonimni olyapti. Do`xtirga borgan edim, ilonning zahrini surting dedi. Dorixonada bunaqasi yo`q ekan. O`zing tupurib qo`ya qol, tilingga tegib chiqqan tupuging o`nta ilonning zahriga tatiydi.

Yoshi ellikdan oshgan, soch-soqoli oqargan odam yosh bir qizga uylanibdi, sartaroshga borib:
— Usta, yaqinda uylandim. Sizga malol kelmasa, shu sochimdagi, soqolimdagi oqlarni olsangiz, - debdi.
Sartarosh pinagini buzmay mijozning soch-soqolini tagidan qirtishlab olibdi. So`ng olingan sochlarni haligi kishining oldiga qo`ydi.
— Kechirasiz, juda shoshilinch ishim chiqib qoldi. Sizga malol kelmasa, oqlarini ajratib tursangiz, - deb chiqib ketibdi.

Toshkentlik bir yigit kichikroq qishloqda avtobusga chiqib so`rabdi:
— Shalag`i chiqqan bu eski aravaga chiptaning narxi necha pul?
— Odatda bir qop poxol uchun 1000 so`mdan olamiz, — debdi haydovchi.

— Menga necha yosh berasiz, qani, toping-chi.
— Bir nima deyishga hayronman.
— O`zim yordamlashaman. Qizim bog`chaga boradi.
— Qizingiz bog`cha mudirasimi?

Sudya sudlanuvchiga:
— Nega o`zingizga himoyachi olmadingiz?!
Sudlanuvchi:
— Janob sudya qaysi advokatga murojaat etmay, jinoyat ishida aytilgan o`sha besh million dollarni xaqiqatdan olmaganimni eshitishlari bilan menga himoyachi bo`lishni rad etishyapti.

Qizi otasiga gapiryapti:
— Ertaga bo`lajak kuyov bola keladi va meni qo`limni so`raydi. Siz uni oyog`iga yiqilib, qo`llarini o`pib “Bizni haloskorimizsiz” - demasdan, oddiygina “Men roziman” deng.

Er ishdan kelsa, xotini oqsoqlanib yurganmish:
— Iye, xotin oyog`ingga nima qildi?
— Stulga chiqib oyna artayotganidim, yiqilib tushdim.
— Oyoq butunmi, sinmadimi ishqilib?
— Singani yo`q-ku, bir oz og`riyapti.
— Men sendan stulni oyog`ini so`rayapman?!

Dan xodimining bolasi maktabdan 2 baho olib kelibdi.
Otasi shu kun:
— Bolam daftarlaringni olib kel bir ko`ray, - desa
Bola onasiga:
— Oyijon 2 ni dadam ko`rsa urishadi. Nima qilay? - desa
Oyisi:
— 10ming daftar orasiga qistirib ber, dadang urishmaydi, - dermish.

— Oilangizda yangi farzand tug`ildi, shekilli.
— Yangi deyishga ham tilim bormaydi. Baqirib-chaqirishidan ancha tajribasi borga o`xshaydi.

Uch og`ayni dengizga sayohatga chiqishibdi kema to`fonga uchrab uchalasi bir orolga tushib qolishibdi. Orolni aylanib bir chiroq topib olib ishqalashibdi, ichidan jin chikib
— Har biringizning ikkitadan tilagingizni bajaraman, desa
Birinchisi:
— Meni qornimni to`ydir, so`ngra uyimga oborib qo`y, debdi
Ikkinchisi ham xuddi shunday tilak bildiribdi.
Jin ularni tilagini bajaribdi va uchinchisidan sen nima tilaysan, dyesa
— Menga bir yashik aroq ber, desa
Jin:
— Bularni barchasini qanaqa qilib ichasan desa
— Haligi ikkala og`aynilarimni qaytarib olib-ke o`shalar bilan birga ichaman, dermish