Bo`limlar
Latifalar
Bir kuni jinnixonaga tekshiruvchi kelib, birinchi qorovulni oldiga boribdi:
— Siz bu yerda nima ish qilasiz? - desa,
— Men Messiman, - deb javob beribdi.
Tekshiruvchi palataga kirib jinniga ham shu savolni beribdi.
— Men Messiman, - deb javob beribdi jinni.
Tekshiruvchi asabiylashib bosh vrachni yoniga kirib vaziyatni gapirib bersa:
— Ular gapiraveradi-da, aslida men Messiman, - dermish boshliq.

To`ydan o`n kun o`tgach kuyov:
— Bo`ldi go`zalim, boshqa yaramayman. 10ta bo`ldi, bugunga yetadi. Soat ham 3 bo`libdi. Ertalab ishga borishim kerak.
— Yo`q, yana bitta bo`lmasa uxlatmayman, o`zingiz aytgansiz bugun 12ta deb.
— Boshqa yaramayman, charchadim axir.
— To`ygacha hamma ishga yarayman, - deb lag`mon osgan ekansiz-da! Kimga turmushga chiqdim men o`zi?
— Bo`pti farishtam, yana bitta bo`lsa bittada. Faqat kelishvolaylik, bu oxirgisi.
— Rahmat jonim, shu remontni to`ygacha bitkazvorganingizda, hozir yarim kechagacha oboy yopishtirmayotgan bo`lardik. Qani oling oboyni yana bittasini...

— Aytinchi doktor, men o`lamanmi?
— Ha!
— Yaqin-oradami?
— Yo`q! Xavotir olmang! Bizni xususiy klinikamizga hali ancha qatnaysiz.

Ikkita aroqxo`r suhbatlashmoqda:
— Eshitganmisan? Shokolad kayfiyatni ko`tarar emish?!
— Menimcha bu gapni eshitgan odam aroq ichib ko`rmagan bo`lsa kerak...

Bir odam shifokorga borib:
— Sizda umrni 100 yoshgacha uzaytiradigan dori yo`qmi?
— Ha.
— Aroq ichasizmi?
— Yo`q.
— Sigaret chekasizmi?
— Yo`q.
— Unda dori ichib nima qilasiz?!

Bir ayolni to`rtta bolalari bor ekan. Bolalarini to`palonidan boshi og`rib ketgan ayol:
— Bas qilinglar bolalar! Bozor bo`lib ketdi, - desa, bolalari:
— Bozor bo`lsa, bizga xo`rozqand olib bering! - dermish.

Hayvonlar pivoga uzundan-uzun navbatda turishibdi. Hammadan oldin quyon o`tib, pivo olmoqchi bo`lgan ekan, bo`rini jahli chiqib, quyonni to`xtatibdi:
— Qayoqqa, hoy quyon?! Navbatni ko`rmayapsanmi?
Quyon:
— Yur, bir chetga o`taylik, gapim bor!
Bir daqiqadan keyin yana quyon navbatsiz pivoga o`ta boshlabdi. Ayiq quyonni qulog`dan ko`tarib:
— Hoy shalpangquloq, qayoqqa?! - debdi.
— Bir daqiqaga bu yoqqa qaragin, - deb, ayiqni ham bir chetga olib ketibdi.
Qaytib kelib, doimgidek navbatsiz pivoga qo`l uzatgan ekan, arslon o`kiribdi:
— Jonga tegding-ku! Navbatga tur!
Quyon arslonni ham yetaklab, o`rmon ortiga olib o`tsa, u yerda odamxo`r dev turgan emish.
— Yana go`sht olib keldingmi?! Qachon pivo olib kelasan??? - dermish dev arslonni ko`rib.

O`ta tarbiyali odamning qarzdor tanishiga yozgan SMSi:
" Juda qo`pol gaplar bilan so`kib aytyapman, olgan qarzingni qaytarib ber!"

Taksida ketayotsam, haydovchi mamnun ohangda menga gap boshladi:
— O`z kasbimdan mamnunman. O`zimga-o`zim xo`jayin. Hech kim menga buyruq bermaydi.
Shu vaqt haydovchini gapini bo`ldim-da:
— Chorrahadan o`ngga qayriling! - dedim.

Futbol maydoni - kambag`allar boylardan tepada turib, ularga baqirib, tomosha qiladigan yagona joy hisoblanadi.