Latifa matni:
Bir kuni savlatli kiyingan erkak, avtobus bekatida odob bilan hammani o`tkazib yuborib, oxirgi bo`lib o`zi avtobusga chiqibdi. Lekin kutilmaganda oyog`ini eshik siqib qolgan ekan,
— Padaringga la’nat, eshshak, hayvon! Och eshikni xezalak! Nima ko`rmisan ahmoq, ..., - deb so`kina boshlabdi.
Qo`rqib ketgan haydovchi shu zahoti eshiklarni ochibdi. Boyagi erkak darhol o`ziga kelib, ust-boshini to`g`rilab, hushmuomalalik bilan:
— Uzr so`rayman! Juda qo`rqib ketdim-da..., - dermish jilmayib.