Latifa matni:
Yarim kechasi qabrdan bir arvoh chiqib, yonidagi qabrga qarab:
— Og`ayni, yur shahar aylanib kelamiz, - debdi. Yonida yotgan arvoh ham, - Mayli ketdik, - debdi-da, qabr toshini ko`tarib olibdi.
Boyagi arvoh hayron bo`lib:
— Buni nima qilasan?, - desa, sherigi:
— Ko`chada militsiya pasportimni so`rasa nimani ko`rsataman, - dermish.