Latifa matni:
Yangi oila qurgan yosh er-xotin farzand ko`ravermagach, keksa bir donishmandning yoniga borishibdi. Donishmand ularga baland tepalikdagi niyat daraxt uchiga, bir parcha latta bog`lab qo`yishni uqtiribdi.
Bir necha yildan so`ng, boyagi donishmand er-xotindan xabar olgani kelsa, eshikni bir gala bolakaylar ochishibdi.
— Onangiz qayerda? — so`rabdi donishmand.
— Tug`ruqxonada, — javob berishibdi bolalar.
— Otangiz-chi?
— Tepalikdagi daraxtdan lattani yechgani ketgandilar...! — dermish.