Latifa matni:
Harbiy xizmatni o`tayotgan o`g`liga ota-onasidan xat kelibdi:
"Aziz bolajonim! Mana, xizmating ham tugay deb qoldi. Uyga qaytishingga qanday sovg`a tayyorlab qo`yaylik? Mashina olib qo`yaylikmi? yoki yangi uy olaylikmi? Balki kelin topib qo`yarmiz...?"
Armiyadagi o`g`lidan javob xati kelibdi:
"Mehribon adajonim va onajonim! Menga mashina ham, uy ham, kelin ham kerakmas! Bitta qo`chqor olib, unga Qo`chqorov deb laqab qo`yinglar. Harbiy xizmatdan uyga qaytgach, o`sha praporshik Qo`chqorovni so`yib, go`shtini yeyman!"