Ichak uzdi
Qiz dugonasiga dedi:
— Men anavi Obid bilan boshqa uchrashmayman.
— Nega? U bilan faxrlanarding-ku!
— To`g`ri, ammo bir vaqtlar o`zim ruxsat bermaguncha mendan bo`sa olmasligini tayinlagandim. Yaramas haliyam va`dasida turibdi.

Nostradamus o`zining malla mushugini kutilmaganda tepib yubordi. Mushuk yig`i aralash so`radi:
— Qaysi gunohim uchun?
— Sen yaramas, yarim soatdan keyin gilamni rasvo qilasan.

Ota besh yashar qizchasini uxlatish uchun bolalar xonasiga kirib ketdi. Birpasdan keyin qizaloq chiqib onasiga dedi:
— Xayriyat-ey, nihoyat dadam uxladi!
— Xayriyat-ey, nihoyat dadam uxladi!
Ota divanda chalqancha yotgancha xurrak otardi. Xurrak xuddi traktor tarillashiga o`xshardi. Bir mahal chap yoniga yonboshladi-yu, xurrak otishdan to`xtadi. Shunda besh yashar o`g`ilchasi onasining yoniga chopib borib dedi:
— Oyi, oyi, dadamning kerosini tugab qoldi!

Armandan so`rashdi:
— Lo`li o`g`ilchasining tug`ilgan kuniga nima sovg`a qiladi?
— Qo`shnining eshagini.

Erkak do`stidan so`radi:
— Xotining bilan janjallashib turasanmi?
— Ha, ahyon-ahyonda gaplashib ham turish kerak-ku!

Yigit:
— Yaxshi qiz, bugun kechqurun nima qilasiz?
Qiz:
— Roziman.

O`g`ilchasi onasidan so`radi:
— Oyi, siz birinchi marta dadamni uchratganingizda qanaqa edingiz?
— Jinni edim, jinni!

Ayol dugonasidan so`radi:
— 8 mart qanday o`tdi?
— Voy-y, zo`r o`tdi! Erim qurmag`ur nihoyat mendan bo`sa oldi!
— Meniki bo`lsa, yaponcha kofta sovg`a qildi… Yaramas!

Ayol dorixonaga kirib sotuvchidan so`radi:
— Sizlarda «asetilsalisil» kislotasi bormi?
— Adashmasam, siz aspirinni nazarda tutyapsiz, shundaymi?
— H-ha, o`sha… Aspirin. Nuqul shu so`zni unutib qo`yaveraman-a!